A Seriya. "Napoli"ning ikki oy davom etgan mag'lubiyatsiz seriyasiga "Lacio" nuqta qo'ydi

Administrator
4 mar 2023, 03:03
Italiya A Seriyasi 25-turida "Napoli" "Lacio"dan mag'lubiyat qabul qilib oldi.

"Napoli" bundan oldin oxirgi marta 2023 yilning 4 yanvar kuni "Inter"ga (0:1) mag'lub bo'lgandi. Bu mag'lubiyatdan keyin klub 9 ta g'alaba va bitta durang qayd etgandi. Neapolliklarning mag'lubiyatsiz seriyalariga bugun "Lacio" nuqta qo'ydi.

"Napoli" – "Lacio" 0:1

Gol: 0:1 – 67 Vesino.

Napoli – Meret, Di Lorenco, Rraxmani, Kim Min Chje, Olivera (Zedadka, 90), Lobotka (Ndombele, 82), Zelinski (Simeone, 82), Zambo-Angissa (Elmaz, 71), Losano (Politano, 71), Osimxen, Kvaratsxeliya.

Lacio – Provedel, Marushich, Gabarron, Romanoli, Xyusay, Luis Alberto (Kataldi, 88), Vesino, Milinkovich-Savich, Felipe Anderson (Pedro, 59), Dzakkani (Kancheleri, 82), Immobile.

Ogohlantirishlar: Gabarron (21), Osimxen (63), Elmaz (89), Marushich (90).


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia