A Seriya grandi "Barselona" ko'zlagan futbolchini ilib ketmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2025, 20:20
Leverkuzenning "Bayer" klubi markaziy himoyachisi Jonatan Ta kelasi mavsum qayerda o'ynashini hali bilmaydi.

Nemis futbolchisi "farmacevtlar" bilan muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi va yozda erkin agentga aylanadi. 

"Barselona" Tani qo'lga kiritish uchun favorit hisoblangan va u bilan deyarli kelishuvga erishgani xabar qilingandi. "La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Milanning "Inter" klubi futbolchini safiga jalb etishga umid qilmoqda. Ehtimoliy muammo – bu markaziy himoyachining maoshi kattaligi.

Jonatan Ta ushbu mavsum "Bayer" safida 33 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchi 11 fevral kuni 29 yoshni qarshi oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport