A Seriya futbolchisiga besh yillik qamoq jazosi tayinlandi

Оқил Абдубарноев
5 may 2023
Neapol sudi Italiyaning “Monca” klubi himoyachisi Armando Icconi o'yinlarga pul tikish va uyushgan jinoyatchilik ishi bo'yicha aybdor deb topib, besh yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Neapol prokurori Mauricio De Marko futbolchi uchun 4 yil-u 10 oylik qamoq jazosini so'ragan. Futbolchining sudlangani haqidagi faktlar uning B seriyada “Avellino” jamoasida o'ynagan davriga to'g'ri keladi. Sud Icco va yana ikki futbolchi – Franchesko Millesi va Luka Pinining firibgarlik sxemalarida vositachi bo'lganligi, ularning o'yin natijalariga ta’sir o'tkazishga uringani qayd etilgan.

Manbaning qayd etishicha, sud hukmi hali kuchga kirmagan, apellyaciya jarayonlari tugaguniga qadar futbolchi qamoq jazosini o'tamaydi. Armando sud qarori ustidan shikoyat qilmoqchi.

31 yoshli Icco o'tgan yili "Torino"dan "Monca" safiga ijara asosida kelib qo'shilgandi. Bungacha himoyachi "Triestina" va "Jenoa" klublarida ham to'p tepgan hamda Italiya terma jamoasi libosida uch o'yinda maydonga tushgan.

Joriy mavsum "Monca" 33 uchrashuvda 45 ochko jamg'arib, Italiya chempionati turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda. Icco klub safida 25 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Corriere del Mezzogiorno