A Seriya. Zlatansiz "Milan"dan navbatdagi g'alaba

"Milan" Italiya chempionatining 15-turida "Benevento" maydoniga safar uyushtirdi.

Biroz avval yakuniga etgan bahsda Stefano Pioli shogirdlarining g'alabasi qayd etildi (2:0). E'tiborli jihati, "Milan" uchrashuvning ko'p qismini 1 kishi kam bo'lib o'tkazdi. Ushbu g'alabadan keyin ochkolarini sonini 37 taga etkazib olgan "rossonerilar" turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. 2-o'rindagi "Inter" bilan oradagi farq - 1 ochko.

Benevento – Milan 0:2

3 yanvar, 22.00, "Chiro Vigorito"

Gollar:

0:1 – 15, penalti Kessie, 0:2 – 49 Rafael Leau.

Benevento – Montipo, Tuyya (Fulon, 62), Barba, Leticia (Improta, 39), Glik, Skyattarella, Ionice, Insine (Sau, 82), Xetemay (Monchini, 46), Kaprari (Di Serio, 81), Lapadula.

Milan – Donnarumma, Kalabriya (Konti, 81), Diogu Dalot, Romanoli, Ker (Kalulu, 81), Tonali, Chalxanoglu, Rebich (Kastilexo, 71), Kessie, Braim Dias (Krunich, 36), Rafael Leau.

Ogohlantirishlar:

Skyattarella (32), Chalxanoglu (41), Diogu Dalot (78), Rafael Leau (80).

Chetlatish:

Tonali (33).


Manba: championat.asia