A Seriya. 24-turdan o'rin olgan Turindagi uchrashuv qoldirildi

Eldor Akmurzayev
25 fev 2021, 20:35
Bunga “Torino”da koronavirus bilan bog'liq holatlar ko'paygani sabab bo'ldi.

Shu tufayli Italiya chempionati 24-turidan o'rin olgan “Torino” – “Sassuolo” uchrashuvi belgilanganidek 26 fevralda emas, 17 mart kuni bo'lib o'tadi.

Avvalroq, turinliklar jamoaviy mashg'ulotlarni to'xtatgandi. Jamoa turnir jadvalida 20 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/TorinoFC_1906