A PRO-Liga. Neftchi to'xtamayapti! Navbatdagi qurbon Sherdor bo'ldi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2019
A PRO-Liga 20-turida Neftchi o'z maydonida Sherdorni qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining hujumkor o'yini bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq hujum tashkil etgan Neftchi vakillari 4-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldilar. Bu vaziyatda Sherdor jamoasi vakillari o'z jarima maydonlari yaqinida o'qin qoidasini buzganliklari uchun uchrashuv bosh hakami Doston Rahmonov jarima zarbasi belgiladi. Jarimadan yo'langan zarbani dastlab mehmonlar himoyachisi qaytardi, qaytgan to'pga Neftchining 7-raqamli futbolchisi Islombek Toshpo'latov kuchli va aniq zarba yo'llab Sherdor darvozasini ishg'ol etdi – 1:0. Oradan 4 daqiqa o'tib mezbonlar tomonidan tashkil etilgan navbatdagi hujum ham gol bilan yakunlandi. Bu safargi gol muallifi Neftchining 19-raqamli futbolchisi Alisher Abduvohidov bo'ldi – 2:0.

Birinchi bo'lim boshidanoq o'z darvozalaridan ikkita gol o'tkazib yuborgan mehmonlar jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarovdan tegishli ko'rsatmalarni olgan xolda hujumkorlikni oshirgan xolda himoyani mustahkamladilar. Shundan so'ng birinchi bo'lim so'ngiga qadar goh Neftchi, goh Sherdor vakillari hujumlar tashkil etgan bo'lsalarda, darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va tanaffusga mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba bilan chiqib qetdilar.

Ikkinchi bo'limni mezbonlar faol hujumlari bilan boshladilar. 48-daqiqada Neftchi vakillari mehmonlar darvozasiga uchinchi golni kiritdilar. Bu safargi gol muallifi ham yana o'sha Alisher Abduvohidov bo'ldi – 3:0.

Uchrashuvning 60-daqiqasida Sherdor jamoasi vakillari tomonidan tashkil etilgan hujum xavfli chiqdi. Mazkur hujum yakunida darvoza tomon yo'llangan zarbani Neftchi posboni Sherzodbek Abduraimov egallab oldi. 65-daqiqada Neftchi vakillarida mehmonlar darvozasini ishg'ol etish uchun yana bir qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, ushbu vaziyatda Islombek Toshpo'latovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi himoyachilarga tekkan xolda Sherdor posboni qo'liga borib tushdi. 78-daqiqada Sherdor hujumchisi Faxriddin Alimov Neftchi jarima maydoniga yorib kirdi, himoyachi bilan to'p uchun kurashda yiqilib tushganligi sababli uning zarbasi kuchsiz chiqdi. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan vaqtda mezbonlar Sherdor darvozasi tomon xavfli hujum tashkil etishdi. Mehmonlar darvozasi tomon yo'llangan dastlabki zarbani himoyachilar qaytarib qolishgan bo'lsa, takroriy zarbani darvozabon qiyinchilik bilan egallab oldi.

Uchrashuv shu tariqa Neftchi jamoasining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Ushbu uchrashuvning birinchi bo'limida yon hakamga bildirilgan etiroz uchun mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarovga bosh hakam Doston Rahmonov tomonidan sariq kartochka ko'rsatilganligini takidlash joiz.

A PRO-Liga.
20-tur
Neftchi – Sherdor 3:0 (2:0)
Gollar:
Islomjon Toshpo'latov, 4 (1:0), Alisher Abduvoxidov, 8 ( 2:0), Alisher Abduvoxidov, 48 ( 3:0),
Hakamlar: Doston Rahmonov, Maxmud Turdiev, Shoxnur Yuldashev, Shoxrux Azamov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Sardor Qudratullaev
“Neftchi”: 35. Sherzodbek Abduraimov, 4. Shodiyor Xojimatov, 7. Islomjon Toshpo'latov, 13.Jamshid Qobulov, 15. Mirjamol Ne'matov, 19.Alisher Abduvohidov, 20. Dilyorbek Ermatov, 24.Ilxomjon Ibragimov, 28.Javohir Rasulov, 77. Islombek Karimov, 99. Ibroxim No'monov.
Zahira: 21. Farrux Turdialiev, 2. Asilbek G'oyibjonov, 26.Bobirjon Isroilov, 27. Sardorbek Mirzashoev, 32. Nodirbek Yo'ldoshev, 38.Ibodjon Abelfazov, 70. Dostonbek Bobojonov, 88. Jafar Ismoilov, 98. Jamshidbek To'raqulov

“Sherdor”: 13.Amirjon Nazirqulov, 2. Farzin Muxtorov, 6. Asiljon Orifov, 10.Faxriddin Alimov, 19. Islom Sharipov, 22. Jasur Qurbonov, 26. Farxodjon Safarov, 28. Asomiddin Mamatov, 32. Murodjon Shamsiddinov, 77. Asadbek Tolibov, 95. Firdavs Abdusalimov.
Zaxira: 99.Shaxzod Raimov, 12. Jahongir Saydullaev, 25. Mirzo Axmedov, 29. Oybek Jo'raev, 33. Elbek Xamdamov, 55. Valijon G'ulomjonov, 66. Soxib Maxmudov, 80. Shaxzodjon Ravupov

Bekzod Tolibov tayyorladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia