A PRO-Liga. Jamshidlar gol urgan o'yinda Neftchi Farg'onada Oq-tepani yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2019
A PRO-Liga 19-turida Neftchi o'z maydonida Oq-tepa jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv har ikki jamoa vakillarining faol hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo'limning 15-daqiqasida bosh hakam Elyor Tursunov Oq-tepa darvozasi tomon penalti belgiladi, biroq bu vaziyatda yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan Neftchi vakillari foydalana olmadilar. Nuqtaga yaqinlashgan Neftchining 77-raqamli futbolchisi Islombek Karimovning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi, hisob o'zgarmay qoldi.

43-daqiqada uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan ochildi. Neftchining 98-raqamli futbolchisi Jamshidbek To'raqulov aniq zarba yo'llab, Oq-tepa darvozasini ishg'ol etdi – 1:0.

Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridanoq hujumga otlangan Oq-tepa jamoasi vakillarining hujumlari samarasiz yakunlandi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida Neftchi vakillari mehmonlar darvozasiga ikkinchi golni kiritishdi. Zahiradan o'yinga qo'shilgan Jamshidbek Qobulov jarimadan etkazib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi – 2:0. Oradan 3 daqiqa o'tib, uchrashuvning 73-daiqasida yana o'sha Jamshidbek Qobulov Oq-tepa darvozasiga gol kiritdi – 3:0.
Uchrashuv shu tariqa Neftchi vakillarining yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

E'tiborga molik jihati, Oq-tepa bosh murabbiyi ketma-ket uchrashuvlarda gol kiritib kelayotgan Pavel Purishkinni nega asosiy tarkibda tushirmaganligi tushunarsiz bo'ldi.

A PRO-Liga.
19-tur
Neftchi – Oq-tepa 3:0 (1:0)
Gollar:
Jamshidbek To'raqulov, 43 (1:0), Jamshidbek Qobulov, 70 ( 2:0), Jamshidbek Qobulov, 73 ( 3:0),
Hakamlar: Elyor Tursunov, Aleksandr Sidlrov, Avaz Abdullaev, Ahror Rahmatov.
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Oybek Yunusov
“Neftchi”: 35. Sherzodbek Abduraimov, 4. Shodiyor Xojimatov, 7. Islomjon Toshpo'latov, 15. Mirjamol Ne'matov, 19.Alisher Abduvohidov, 20. Dilyorbek Ermatov, 28.Javohir Rasulov, 70.Dostonbek Bobojonov, 77. Islombek Karimov, 98. Jamshidbek To'raqulov, 99. Ibroxim No'monov.
Zaxira: 21. Farrux Turdialiev, 2. Asilbek G'oyibjonov, 13.Jamshid Qobulov, 24.Ilxomjon Ibragimov, 26.Bobirjon Isroilov, 27. Sardorbek Mirzashoev, 32. Nodirbek Yo'ldoshev, 38.Ibodjon Abelfazov, 88. Jafar Ismoilov

“Oq-Tepa”: 1.Akrom Xodjaev, 7. Sherzod Qodirov, 8. Muzaffar Abdullaev. 10. Islomjon Ismoilov , 15.Davronbek Mamatov, 17. Saveliy Abramov, 19.Oybek Mirzoxidov, 22. Farrux Sodiqov, 77. Bilolxon Toshmirzaev, 91.Maqsudjon Maxmudov, 97. Jamshid Yusupov
Zaxira: 71.Valijon Rahimov, 9.Mirzoxid Mirsaidov, 20. Pavel Purishkin, 21. Oripxo'ja Abduxoliqov, 28.Abdulaziz Nishonboev

Bekzod Tolibov tayyorladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia