A PRO-Liga. “Istiqlol” Farg'onada “Sho'rtan”ni mag'lubiyatga uchratdi (batafsil sharh)

Narzulla Saydullayev
23 may 2019
Pro-Liga "A" guruhi 7-turida “Istiqlol” Qirgulida “Sho'rtan”ni qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning faol hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo'limning 4-daqiqasidayoq “Istiqlol” futbolchisi “Sho'rtan” darvozasini ishg'ol qildi – 1:0.Uchrashuvning 33-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sardorbek Sotvoldiev “Sho'rtan” darvozasiga gol kiritib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Oradan bir oz vaqt o'tib, aniqrog'i 38-daqiqada mehmonlar futbolchisi Hasanboy Ergashev tasodifan o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi - 3:0. Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limda “Sho'rtan” vakillari hujumkor o'yin namoyish etdilar. G'uzorliklarda mezbonlar darvozasiga gol kiritish uchun qulay vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Nihoyat uchrashuvning 87-daqiqasiga kelib, “Sho'rtan” jamoasi vakillari hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldilar. Bu vaziyatda mehmonlar futbolchisi Sherzod Temirov tomonidan yo'llangan kuchli zarba “Istiqol” darvozasi to'ridan joy oldi – 3:1. Uchrashuv shu tariqa “Istiqlol” jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.


PRO-Liga. "A" guruhi.
7-tur
Istiqlol – Sho'rtan 3:1 (3:0)
Gollar:
Jasurbek Ermamatov 4 (1:0), Sardorbek Sotvoldiev 33 (2:0), Hasanboy Ergashev avtogol 38 (3:0), Sherzodbek Temirov 87 (3:1)
Hakamlar: E.Tursunov, O.Qosimov, F.Yo'ldoshev, M.Fozilov
Nazoratchi: M.Saidqosimov.
Komissar: A.Fayziev
Istiqlol: Rustam Nartadjiev, Farruh Ibrohimov, Jasur Ermamatov, Ulug'bek Xudoberdiev, Sardor Telyakov, Rustam Abduhamidov, Anvar Xojimirzaev, Sardor Sotvoldiev, Fayzullo Jumanqo'ziev, Eldor Ergashev, Umid Qodirov
Zaxira: Jasur Abdullaev, Timur Sultonov, Abduqodir Artiqov, Abduholiq Qurbonov, Riza Ayvazov, Anvar Berdiev, Elyor Mamasoliev, Elyor Akbarov
"Sho'rtan": Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Hasanboy Ergashev, Sunnatilla Mamadaliev, Hojimurod Xolmurodov, Olimjon Karimov, Marufxon Murodov, Akram Bahromov, Yusuf Bo'riev, Samandar Shodmonov, Sherzod Temirov.



Bekzod Tolibov tayyorladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia