A Ceriyaning noyabrdagi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

Bu nomga belgiyalik futbolchi ega chiqdi.

“Kalyari” yarim himoyachisi Raja Nainggolan A Ceriyaning noyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Raja noyabrda jamoasi bilan 3 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nainggolan mavsum so'ngiga qadar “Inter”dan ijaraga olingan.


Manba: Calciomercato