A Ceriya. “Sassuolo” “Empoli”ni mag'lub etdi, Duglas Kosta tupurgan futbolchi gol urdi

21 sentyabr sanasida “Sassuolo”-“Empoli” uchrashuvi bilan Italiya A Ceriyasining beshinchi tur bahslari boshlandi.

Uchrashuvda mezbonlar “Empoli”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Avvaliga hisobni 1-daqiqadayoq “Empoli” a'zosi Kaputo ochgan bo'lsa, 13-daqiqada Kevin Prins-Boateng hisobni tenglashtirdi. 57-daqiqada Ferrari jamoasini oldinga olib chiqqan bo'lsa, 85-daqiqada o'tgan turda Duglas Kosta tupurgan Federiko di Franchesko “Sassuolo”ning 3-golini kiritdi.

“Sassuolo”-“Empoli” 3:1

Gollar: 0:1 – 1 Kaputo, 1:1 – 13 Boateng, 2:1 – 57 Ferrari, 3:1 – 85 Di Franchesko.

Sassuolo – Konsili, Lirola, Marlon, Ferrari, Rojerio, Lokatelli, Dankan, Sensi (Burabiya, 67), Berardi (Brinola, 81), Di Franchesko, Boateng (El-Babakar, 62).

Empoli – Terrachchano, Di Lorenco, Silvestre, Mayetta, Veseli, Akkua (Bennaser, 14), Kapecci (Traore, 81), Krunich, Zayc, Kaputo, la Gumina (Mraz, 66).

Ogohlantirishlar: Kapecci (6), Krunich (11), Di Franchesko (31), Zayc (45).

Chetlatish: Zayc (71).




Manba: Championat.asia