40 yillik taqiqdan so'ng, ayollar Eron milliy terma jamoasining o'yinini ko'rish uchun stadionga kiritildi

JCH-2022 saralash bosqichida Eron o'z maydonida Kambodjaga istaganicha gol urdi.

Uchrashuvda eronlik ayol muxlislar 40 yillik taqiqdan so'ng yana futbol ko'rish uchun stadionga kirish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ushbu jihat ham eronlik futbolchilarni ruxlantirib yuborgan bo'lishi mumkin. Eron mazkur uchrashuvda Kambodja darvozasiga javobsiz 14 ta gol kiritdi, Azmun xet-trikka erishdi. 

Eron – Kambodja 14:0 (7:0, 7:0)

10 oktyabr, 18.30, Azadi Stadium

Gollar: 1:0 – 5 Nurollaxi, 2:0 – 11 Azmun, 3:0 – 18 Kanaanizadegan, 4:0 – 22 Taremi, 5:0 – 35 Azmun, 6:0 – 40 Ansarifard, 7:0 – 44 Azmun, 8:0 – 48 Ansarifard, 9:0 – 54 Taremi, 10:0 – 60 Ansarifard, 11:0 – 65 Mohebi, 12:0 – 67 Mohebi, 13:0 – 85 Moxammadi, 14:0 – 88 Ansarifard.

Eron – Beyranvand, Kanaanizadegan, Puraligandji, Moxammadi, Rezayan, Mohebi (Moxammadi, 72), Nurollaxi, Xadjsafi, Taremi, Azmun (Shodjaei, 57), Ansarifard.



Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar