"40 soatlik yo'ldan keyin ham yigitlarning charchagani ko'rinmadi"

Tolibjon Qosimov
23 okt 2024
Pro-liganing 24-turi doirasida "Mashal" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "Olimpik MobiUz" jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- "Mashal"ni Superligaga chiqqani bilan tabriklayman. Ular mavsumda yaxshi o'yin ko'rsatib kelishmoqda. Bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorlangan edik va g'alabani juda ham xohlagandik. O'yinni yaxshi boshladik, tezkor gol urdik. Lekin o'zimizning xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda biz g'alabani ko'proq xohladik shekilli, himoyani unutib qo'ydik va shuni hisobiga ikkinchi golni qo'yib yubordik. Bu gol o'yin taqdirini hal qildi.

- Gollarda himoya chizig'ining aybi bormi?

- Gollarda himoyachilarning ham aybi bor. Lekin umuman olganda bu butun jamoaning aybi. Chunki himoya hujumdan boshlanadi. Ko'p vaziyatlarda qarshi hujumlarni o'tkazib yubordik. Jamoaviy o'yin hisobiga biz mag'lub bo'ldik.

- Yarim jamoangiz Urugvayda bo'lib keldi. Bu o'yinga borib kelish 40 soat vaqtni olibdi. Bu ham jamoaning charchashiga ta’sir qilganmi?

- Balki ta’sir qilgandir. Chunki dam olganimiz yo'q. Bugun asosiy tarkibda o'ynagan 11 yigitning barchasi Urugvayda bo'lib keldi. Ikki kun yo'lda yurdik, o'yinoldi mashg'ulot o'tkazdik va 6 soat yo'l yurib, o'yinga keldik. Ta’siri bo'lishi mumkin. Lekin yigitlar bunga moslashgan, bu ko'rinib turibdi. Biroq o'yin davomida ularning charchagani ko'rinmadi. Biz individual xatolar evaziga yutqazdik.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia