39 yoshli Defo futbolchilik faoliyatini tugatganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2022
Angliyalik mashhur hujumchi Jermeyn Defo butsasini mixga ilishga qaror qildi.

Futbolchi 39 yoshida faoliyatini yakunlamoqda.

"22 yillik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bu haqiqatan ham qiyin qaror edi. Men aql bovar qilmaydigan sayohat qildim va futbol orqali ajoyib odamlar bilan tanishdim. Endi biroz do'stlarim va oilam bilan birga vaqt o'tkazmoqchiman. Shundan so'ng faoliyatim bo'yicha keyingi qadamni bosaman", – dedi Defo.

Hujumchi faoliyati davomida "Vest Xem", "Tottenxem", "Portsmut", "Reynjers" va boshqa klublarda o'ynagan. U Angliya terma jamoasida 57 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports