38 yoshli Leskott futbolga qaytdi

Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Joleon Leskott "Rasing Mursiya" klubi shartnoma imzoladi.

Jamoa Ispaniya chempionatining 3-divizionida o'ynaydi. 38 yoshli Leskott yangi klubi safida 16 dekabr kuni o'tkaziladigan "Levante"ga qarshi kubok bahsida debyut qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Joleon bunga qadar "Vulverxempton", "Everton, "Manchester Siti", "Vest Bromvich", "Aston Villa", AEK (Afina) va "Sanderlend" jamoalarida to'p tepgan edi. U 2017 yilda "Sanderlend"ni tark etganidan buyon erkin agent maqomida turgandi.


Manba: racingmurciacf.com