37 yoshli Babel faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. "Liverpul" sobiq o'yinchisi xayrlashuv filmini chiqaradi

Alisher
10 noya 2024
Rayan Babel futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

37 yoshli niderlandiyalik instagramga shunday deb yozdi: "Agar haligacha ochiq va ayon bo'lmagan bo'lsa, unda mana: rahmat futbol. Tez orada xayrlashuv filmi chiqadi".

Yarim himoyachi "Ayaks", "Liverpul", "Xoffenxaym", "Qosimposho", "Al Ayn", "Deportivo", "Beshiktosh", "Fulxem", "Galatasaroy" va "Eyupspor" kabi klublarda o'ynadi.

Babel "Ayaks" bilan ikki bor chempionatni, Kubok va Niderlandiya Superkubogini yutdi, shuningdek "Beshiktosh" bilan Turkiya chempioniga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/ryanbabel