34 yoshli hujumchi "Yuventus"ga o'tishi mumkin

3 dek 2020, 01:58
"Chelsi"ning fransiyalik forvardi Olive Jiru faoliyatini Italiyada davom ettirishi haqida anchadan buyon gapirilyapti.

Unga Milanning "Inter" klubi asosiy davogar bo'lib turgan edi. Calciomercato xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchining xizmatlariga "Yuventus" rahbariyati ham qiziqib qolgan. "Keksa sinora" Oliveni Krishtianu Ronaldu va Alvaro Morataning o'rinbosariga aylantirmoqchi.


Manba: Calciomercato