

"PFL 2025 yilgi mavsumdan boshlab Superliga o'yinlarini suratga tushirish uchun o'zining ko'chma televizion studiyasiga ega bo'ladi. Mendagi ma'lumotga ko'ra, sifatli kameralarning 5 tasi allaqachon Toshkentga yetib kelgan. PFL yana 3 ta kamera xarid qilish va ularning barchasini birlashtirish ustida ishlamoqda.
2026 yilgi mavsumga qadar xuddi shunday yana 1 ta KTS xarid qilinishi rejalashtirilgan. Bu nafaqat teletranslyatsiya sifatini yaxshilaydi, balki VAR ishini ham engillashtiradi", - deb yozadi Narzulla Saydullaev telegramdagi o'z kanalida.



