2019 yilning eng yaxshi o'yinlari. AGMK - "Bunyodkor" 0:1

Narzulla Saydullayev
1 may 2020
2019 yilgi Superliga doirasidagi eng qiziqarli o'yinlarda urilgan gollarni taqdim etishda davom etamiz.
Bir yil oldin Superliganing 5-turida Olmaliqda Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Kuchli yomg'ir ostida o'tgan bahs taqdirini bitta gol hal qilgandi. 39-daqiqada burchakka yaqin joyda belgilangan jarima to'pinini Lutfulla To'raev ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi - 0:1. Sobiq klubiga gol urgan To'raev golini ortiqcha nishonlab o'tirgani yo'q. 



AGMK - BUNYODKOR - 0:1 (0:1)
20.04.2019. 5-tur. Olmaliq. OKMK stadioni. 1420 tomoshabin.
Hakamlar:
A.Shukurullaev, R.Serazitdinov, T.Gaynullin, T.Suyunov. Nazoratchi: M.Saidqosimov
Gol: 0:1 - To'raev Lutfulla, 39
AGMK: To'raev Akbar; Qosimov Mirjamol (Nurmatov Shahzodbek, 67); Jo'raev Dilshod; Shixov Sanat; Polvonov Zafar (Hakimov Jasur, 76); Pirimov Zohir (Saidazimov Kamron, 46); Hasanov Jasur; Shorahmedov Akmal; Rahmatov Saydullo; Yuldashev Boburbek; Fayziev Sherzod.
BUNYODKOR: Zuhurov Murod; Qobilov Islom; G'ofurov Anvar; Ahmadaliev Dilshod; Jaloliddinov Jasur (Abdullaev Abdulla, 67); G'iyosov Xurshid (Farhodov Bobur, 90); Qahramonov Javohir (Abdullaev Ulug'bek, 83); To'raev Lutfulla; Mirahmadov Mirjahon; Qodirqulov Sanjar; To'xtasinov Nurillo.
Ogohlantirishlar: Shixov Sanat, 31; Mirahmadov Mirjahon, 43; Yuldashev Boburbek, 84; Hakimov Jasur, 90+1




Video sportstat.uz saytidan olindi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia