18 iyul kuni O'zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2016
Yurtimizda kibersport kundan-kunga rivojlanib bormoqda.

FIFA 16 virtual futboli bo'yicha 11x11 rejimida O'zbekiston terma jamoasi tuzildi. Jamoaga yuqori darajali o'yinchilar va legionerlar chaqirildi. Abdusapi Qayumov boshchiligidagi kiberfutbol bo'yicha terma jamoamiz turli xalqaro turnirlarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Jamoamiz Rossiya va Armaniston terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib olishdi.

O'zbekiston - Rossiya 00:30 (18.07.2016)

O'zbekiston - Armaniston (hozircha noma'lum)

O'yinlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia