17 maydan keyin Angliyada ham futbol o'yinlariga muxlislar tushishi mumkin bo'ladi

Mirjalol Normatov
22 fev 2021
Buyuk Britaniya premer-ministri Boris Jonson sport tadbirlariga muxlislarning kiritilishi borasida reja ishlab chiqilganini ma'lum qildi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, 17 maydan keyin futbol o'yinlariga 10 ming muxlisning kiritilishiga ruxsat beriladi. Undagi birinchi o'yin esa Angliya Kubogi finali bo'lishi kutilmoqda.

Shu orqali APLning so'nggi tur o'yinlari muxlislar bilan o'tkazilishi kutilmoqda. Ammo hammasi epidemiologik holatga bog'liq bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph