13 ta sariq kartochka ko'rsatilgan javob o'yinida "Tobol" "Zrinski" bilan durang o'ynadi va evrokubok bilan xayrlashdi, Sergeev 2-taymda maydonga tushdi

Sherzod Nurmatov
11 avg 2022
Kostanayning "Tobol" klubi Konferenciyalar Ligasi 3-saralash bosqichi doirasida Bosniya va Gertsegovinaning "Zrinski" klubiga qarshi bahs olib bordi.

Mehmonlar dastlabki daqiqalardanoq bir nechta hujumlar uyushtirib, Mario Chujening goli evaziga tanaffusga g'olib holda chiqib ketishdi. Ikkinchi taymda Zoran Toshich o'zini ko'rsatib, sherigi Serj Debleni birga-bir holatga olib chiqdi va natijada hisob tenglashdi – 1:1.

Shunday qilib, hisob bahs oxirigacha o'zgarmadi va "Tobol" evrokuboklardan chetda qoldi. 

Hamyurtimiz Igor Sergeev 62-daqiqada Vukadinovich o'rniga maydonga tushdi.

"Tobol" – "Zrinski" 1:1

Kostanay. "Markaziy" stadioni

Gollar: Deble 53' – Chuje 34' 

"Tobol": Mokin, Kairov, Marochkin (Jaksilikov, 82), Maliy, Amanovich, Jarinbetov (Mujikov, 46), Yovanchich, Tagibergen (Osuchukvu, 62), Toshich, Deble (Akmurzin, 82), Vukadinovich (Sergeev, 62)

"Zrinski": Chondrich, Tichinovich (Suchich, 90+1), Magdich, Barishich, Savich, Maglica (Senich, 64), Yukich (Malekinushich, 64), Yankovich, Ilinkovich (Kamenar, 71), Chuje (Stranput, 64), Bilbia.

Ogohlantirishlar: Toshich (6), Savich (36), Marochkin (37), Deble (49), Yukich (50), Chuje (57), Maliy (58), Malekinushich (66), Yovanchich (90), Jaksilikov (90), Suchich (90+2), Chondrich (90+6), Kairov (90+7)

Birinchi o'yin: 0:1


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia