Rasman: Tiago Motta Yuventus bosh murabbiyiga aylandi!

Administrator
13 iyun 2024, 02:36
Turinliklar yangi bosh murabbiy nomini e'lon qilishdi.

“Yuventus” klubi rasman Tiago Mottani bosh murabbiy lavozimiga tayinladi. O'rtadagi kelishuv 2027 yilning 30 iyun sanasiga qadar davom etadi. 

“Yuventus” kabi grand klubda faoliyatimning yangi sahifasini boshlayotganimdan baxtliman. Menga ishonch bildirgan jamoa rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman” -deydi Tiago Motta.

Ma'lumot uchun, Tiago Motta murabbiylik faoliyatini 2018 yil PSJ yoshlar jamoasidan boshlagan. Shundan so'ng, “Speciya” va “Bolonya” klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. “Bolonya” Motta bilan tarixiy natija qayd etib Yevropa chempionlar ligasiga yo'l olgani alohida e'tiborga loyiq.


AdministratorMuallif
Manba: juventus.com