Rasman: Odil Hamrobekov "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2021
Biroz avval "Championat.asia" orqali Odil Hamrobekov hamda Dostonbek Hamdamov "Paxtakor"ga qaytgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! Hamrobekov va Hamdamov "Paxtakor"ga qaytdi

Yarim himoyachi "Sherlar" safiga qaytgani rasman e'lon qilindi.

"Paxtakor" tarkibida 2019-20 yillarda jami 77 bellashuvda maydonga tushib, 1 gol muallifiga aylangan Hamrobekov faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradi. Odil va klub o'rtasida 2022 yil oxiriga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekildi. "Sherlar" bilan futbolchi ikki martadan O'zbekiston chempionati va Kubogi, bir bor Liga Kubogida zafar quchib ulgurgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати