O'zbekistonlik hakamlar jamoasi OCHL hal qiluvchi final bahsini boshqaradi

Sherzod Nurmatov
2 may 2024, 15:43
Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar Ligasining final qarama-qarshiligi 2 uchrashuvdan iborat bo'ladi.

G'arb va Sharq mintaqasidan OCHL finaliga "Al Ayn" hamda "Yokogama Marinos" yo'l olishgan. Ikki klub o'rtasidagi hal qiluvchi 2-final bahsini boshqarish Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirilganini etirof etish lozim. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi. Shuningdek, yana bir hakamimiz Sanjar Shoyusupov zaxira hakami yordamchisi vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan:

Osiyo Chempionlar Ligasi | Final

"Al Ayn" – "Yokogama Marinos" 

25.05.2024 | 21:00

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Qanot hakamlari: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Rustam Lutfullin

Zaxira hakami yordamchisi: Sanjar Shoyusupov

VAR: Fu Min (Yaponiya)

AVAR: Sivakorn Pu Udom (Tailand)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази