"Milan"ning asosiy futbolchisi qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
16 may 2023, 21:15
"Milan" futbolchisi Ismael Bennaser operaciya qilindi.

Futbolchi YCHL doirasida "Inter"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Shu sababli u o'yinni davom ettira olmagandi. Qayd etilishicha, jazoirlik futbolchi juda jiddiy jarohat orttirib olgan bo'lib, uning o'ng tizzasi operaciya qilingan.

Endi uning safga qaytishi uchun kamida yarim yil kerak bo'ladi. Oldinroq Italiya manbalari uning uchun mavsum yakunlaganini ma'lum qilishgandi.

Futbolchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 40 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport