"Manchester Yunayted" "Yuventus" himoyachisiga davogarlik qilmoqda

Alisher Ostonov
18 yanv 2026, 16:49
"Manchester Yunayted" klubi "Yuventus”ning 25 yoshli fransiyalik himoyachisi Per Kalyulyu bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

MYU futbolchini sotib olishga tayyor, ammo unga "Tottenxem" va "Aston Villa" ham davogarlik qilmoqda. MYU futbolchi uchun 30 mln evro berishga tayyor.

Per Kalyulu "Milan"dan keyin 2024 yildan beri "Yuventus"da o'ynamoqda. Bu mavsumda futbolchi A Seriyada 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Calciomercato