Jorje Mendesh Mourinyuni "Real"ga taklif qildi: Nomzodlar ro'yxatida Klopp, Nagelsmann va boshqa yulduzlar bor

Aslanov Jasurbek
22 apr 2026, 18:52
Madridning "Real" klubi omadsiz mavsum va Alvaro Arbeloaning ketishi deyarli aniq bo'lib qolgani sababli yangi bosh murabbiy izlash ishlarini boshlab yubordi.

"As" nashrining xabariga ko'ra, mashhur agent Jorje Mendesh "qirollik klubi"ga Joze Mourinyuning qaytishini taklif qilgan.

Mendesh "Madrid" rahbariyatiga hozirda "Benfika"ni boshqarayotgan 63 yoshli portugaliyalik mutaxassisning shartnomasidagi tovon puli miqdori haqida ham ma'lumot bergan. Biroq Mourinyu yagona nomzod emas. So'nggi kunlarda "qaymoqranglilar"ga bir qator top-murabbiylarning xizmatlari taklif etildi:

Maurisio Pochettino (AQSH terma jamoasi);

Yulian Nagelsmann (Germaniya terma jamoasi);

Massimiliano Allegri ("Milan");

Yurgen Klopp (hozirda ishsiz);

Dide Desham (Fransiya terma jamoasi).

Qizig'i shundaki, bazi takliflar hatto murabbiylarning vakillaridan emas, balki uchinchi tomonlardan kelib tushgan.

Hozirda "Real"ning asosiy maqsadi - mavsumni imkon qadar yaxshiroq natija bilan yakunlash. Arbeloaning kelajagi esa keyingi oyda bo'lib o'tadigan yig'ilishda hal qilinadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As