Donnarummaga atalgan soxta pullar

Omonjon To`xtamirzayev
8 noya 2023
Tunda "Milan" o'z maydonida PSJni qabul qilganidan xabaringiz bor.

2021 yil yozida "Milan"dan PSJga o'tgan kiper Janluijji Donnarumma (milanlik fanatlar uni Dollarumma deb atashadi) mahalliy muxlislar tomonidan "iliq" kutib olindi. 

Donnarumma qo'riqlayotgan darvoza ortidan darvozabonning rasmi tushirilgan soxta dollarlar sochildi. 

Yodingizda bo'lsa, kecha "Milan" muxlislari shunday reja tuzayotgani haqida xabar bergandik. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia