"Benfika" Kavani bilan shartnoma imzolashga yaqin

Sherzod Nurmatov
5 avg 2020, 23:59
Hujumchi Edinson Kavani faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.

"Tomonlar muzokaralarning oxirgi bosqichida. "Benfika" Kavani bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashni istamoqda. Unga 8 million evro maosh va bir yillik shartnoma taklif qilinyapti", - deydi Nikolo Skira.

Kavani 2013 yildan 2020 yilgacha PSJda o'ynadi va klubning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Avvalroq, 33 yoshli hujumchiga "Roma" tomonidan qiziqish bildirilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira