Ayollar futzali. O'zbekiston nazorat uchrashuvida Xitoyga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2025
7 yanvar kuni Farruh Zokirov boshqaruvidagi futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Yopiq eshiklar ortida o'tgan bahsda mehmonlar g'alaba qozonishdi.

O'zbekiston 0:3 Xitoy
Gollar:
YU Ting 30', Zhang Rui 36', Su Jiahong 38'.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати