RU

Последние новости

01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  22 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  5 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  8 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  0 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  0 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  3 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  11 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  29 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  3 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6

"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ Новости

"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ

"Ливерпуль" сардори Муҳаммад Салоҳ "France Football" нашрига берган интервьюсида фаолиятининг қолган қисмидаги мақсадлари ҳақида сўзлаб, фаолияти якунланишидан олдин "Олтин тўп"ни қўлга киритишни хоҳлашини эътироф этди.

Мавсумнинг аввалида "Ливерпуль" тўртта соврин учун кураш олиб борганда, Салоҳ индивидуал мукофот учун асосий номзодлардан бири сифатида баҳоланганди. Бироқ "қизиллар" Чемпионлар Лигасидан чиқиб кетганидан сўнг мисрлик футболчининг имкониятлари камайди. Салоҳ ўзининг имкониятлари ва "Олтин тўп"ни қўлга киритиш истаги ҳақида фикр билдирар экан, қуйидагиларни айтди:

"Бу менинг ихтиёримда эмас, лекин, албатта, бир кун келиб халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим. Миср қишлоғида туғилганингда, болаликда бундай мукофотни орзу қилиш ҳам мушкул. Фақат "Ливерпул"га ўтганимдан кейингина бу ҳақда ўйлай бошладим. Аммо уни қўлга киритолмасам ҳам, фаолиятим барибир муваффақиятли ўтган бўлади.

Ҳали 32 ёшдаман, охирги ғолибларнинг бир неча нафари ўттиз ёшлар атрофида эди. Хўш, ким билсин? Кейинги мавсум жуда қизиқарли ўтиши кутилмоқда – "Ливерпуль" билан чемпионлик унвонини ҳимоя қиламиз, Чемпионлар Лигасида ғалабага интиламиз, Миср билан Африка Кубогида қатнашамиз, Жаҳон чемпионати бўлади", – деди Салоҳ.

Таъкидлаш жоиз, ҳужумчи ушбу мавсум "Ливерпуль" сафида 50 ўйинда 33 та гол урди ва 23 та голли пас узатди.

Рейтинг: +8   

Комментарии

+3   
12 мая 22:16:56
Mirg'olib
Ответ на комментарий пользователя Baxtiyor Nazarov
Echl ko'p narsani hal qiladi Saloh. Hech bo'lmasa finalga chiqqanida ham imkon bo'lardi. Lekin bilib bo'lmaydi, Rodri ogandan keyin har narsani kutish mumkin. Karvaxal Echlni yutdi, Yevropa, Ispaniya chempioni bo'ldi, Vini Ispaniya chempioni bo'ldi, Echlni yutdi. Bellingem La Liga, va Echlni yutdi. Baribir bu sovrin MTJ murabbiyi va sardorlari, Jurnalistlari simpatiyasiga qarab hal bo'ladi. Qolgani bekor.
Siz sanaganlarni birortasi ham Euroni va Eurodagi eng yaxshi futbolchi degan unvonni olgani yo'q. Euro yoki JCHni oldida har yili bo'ladigan YCHL 2-darajali hisoblanadi.
+2   
12 мая 21:14:07
Асилбек Муминов
Орзуларинга етишинга тилакдошмиз салах
+1   
12 мая 23:40:04
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя Jahongir Mansurov
Sizga foyda yo'q Tog'dan Bog'da kelaverasiz ekan.
Men hecham bog'dan, tog'dan kelmadim. Sizga men boshida nima degan bo'lsam, hozir ham o'sha gapimni yozib turibman. YChLni yutdi degani, bu Oltin To'p oladi degani emas. Bo'ldi tamom.
+1   
12 мая 23:37:13
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя Jahongir Mansurov
Shunchaki bu NOHAQLIK. Real muhlisi bo'lsamda. Jahon chempion bo'lib Ineista, Buskets Xavilar olmay. Qanaqa oʻyin evaziga oldi tushunmayman. O'zini nuqtasida 10 ta Rodridan, 1 ta Buskets afzal. Hullas NOHAQLIK.
Adashasiz. Rodri o'zi o'ynagan va o'zi g'olib chiqqan turnirning eng yaxshi o'yinchisi edi. Shuning uchun u Oltin To'pni oldi. Xavi va Inyestalar esa Jahon Chempionatida g'olib chiqishdi, lekin, o'sha turnirda eng yaxshi o'yinchi bu Xavi ham, Inyesta ham emas edi. Bu Diego Forlan edi. Shuning uchun men sizga boyadan beri bekorga aytmayapman, YChLda yutdi degani bu Oltin To'p oladi degani emas. Jahon Chempionatini yutdi degani bu Oltin To'p oladi degani emas. Yevroni yutdi degani bu Oltin To'p oladi degani emas. Oltin To'p oladi degani, bu o'sha mavsumdagi eng nufuzli turnirda qanday individual natija orqali yutdi degani. Men aytgan misolda Rodri ham turnir g'olibi, ham o'sha turnirning eng yaxshi o'yinchisi edi. Buni ham tushunmasangiz borib boshingizni tank oatiga tashlang.
+1   
12 мая 23:29:32
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя Jahongir Mansurov
2 may 22:32:36MENTAL!ST Jahongir Mansurov foydalanuvchining fikriga javob berish Qiziq odam ekansiz. Futbol turnirlarining prioritet (ustunlik) ni tushunmas ekansiz. YChL ni yutdi degani bu Oltin To'p oladi degani emas. Oltin To'p bu - individual sovrin. Uni kim o'z pozitsiyasida individual jihatdan eng yaxshi mavsum o'tkazsa, o'sha futbolchiga beriladi. Oltin To'p uchun turnirlarda individual natija ko'rsatish muhim aspekt. Masalan, Jahon Chempionatida To'purar bo'lgan futbolchining toshi, Yevro yoki Kopa Amerikada to'purar bo'lgan futbolchining toshidan og'ir, Yevroda to'purar bo'lgan futbolchining toshi YChLda to'purar bo'lgan futbolchidan og'ir. Gap, Oltin To'p mavsumida qaysi turnir o'tkazilganligiga qaraladi. Jahon Chempionati bo'lgan yilda, boshqa har qanday turnir 2-planga tushib qoladi. Kim Jahon Chempionatida eng zo'ri bo'lsa, shu oladi - yaqqol misol Messi 2022-yilda. Rodri esa 2024-yilda Yevrodagi eng yaxshi o'yinchi bo'ldi, bu mavsumda qanaqadir Vinisiuscha bilan qanaqadir YChLcha kubok 2-planga tushib qoladi, tamom. Bu yil esa hech qanday Jahon Chempionati ham, Yevro/Kopa chempionati ham yo'q. Asosiy planda YChL. Faqat bir narsani unutmaslik kerak, YChLni yutdi deb har qanday odamga Oltin To'p topshirib ketilmaydi. Siz aytgan Vinisiuacha 26 ta gol urgan xolos, hujumchi uchun bu eng paaaaaaaaaasst ko'rsatgichlardan bittasi. Rodri esa 12 ta gol urgan, bu himoyachi yoki yarim himoyachi uchun zooooooor ko'rsatgichlardan bittasi. Endi yetib bordimi? Hozir men sanagan Rafinya, Saloh, Dembele va Yamal hujumda o'ynashadi, shuning uchun ularni bir-biri bilan bemalol taqqoslay olamiz. Lekin, siz qanaqasiga hujumchi Vinisius bilan tayanch yarimhimoyachi Rodrini taqqosladingiz??? Hayratdaman!
Vay bla, shu xabarimda ham katta qilib yozib qo'yganman YChL ni yutdi degani Oltin To'pni oladi degani emas deb. Gapni tushunyapsizmi? Oltin To'p uchun turnir prioriteti muhim. Lekin, o'sha turnirdagi individual natija ko'rsatish Oltin To'p uchun muhim aspekt deganman. Bu degani Rodri Yevroni yutgani uchun Oltin To'pni oldi degani emas. Rodri Yevroni nafaqat yutdi, u bu Yevrodagi eng yaxshi o'yinchi bo'ldi - mana bu Oltin To'p uchun muhim aspekt degani. Endi tepyaptimi nimani nazarda tutganim? 2010-yilda Ispaniya Chempion bo'ldi, lekin Xavi yoki Inyesta Oltin To'p olmadi, nega? Chunki, ular faqat chempion bo'lishdi xolos. Ular Jahon Chempionatida individual natija ko'rsatishmadi - muhim aspekt yo'q ularda. Rodrida esa bor.

12 мая 23:22:24
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя Jahongir Mansurov
Siz oddiy qilib aytganda gapni quruq olib qochayabsiz. Ali-Vali Vali-Ali deb.
Shunchaki, siz reallikni tan olgingiz kelmayapti xolos. Rodri Oltin To'p 2024 ning egasi, gap tamom. Uni nega Oltin To'p olganini va nega Vinisius yoki Bellingem Oltin To'p ololmaganini tushunishni xohlamayapsiz xolos. Hamma gap shunda.
+1   
12 мая 23:20:56
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя MuhlisUz
Xa, sizga qoyil, ancha bilimdon ekansiz. Manga kim olsa xam farqi yo'q, lekin muxlis sifatida Saloh, Yamallarni Rafiniyadan bir bosh ustun ko'raman. 23 yildan beri futbol ko'raman(yoshim 43da) Ronaldinoni o'yinini ko'rib futbolga muxlis bo'lganman. Futbolchini natijasi uchunmas, maxorati sabab qadrlayman. Shuning uchun o'z fikrumni aytdim xolos. Oltin to'pni kimga berishini Goal nashri xal qiladi va bu xar doim xam adolatli bo'lmagan. Man indidvidual mahoratni qadrlayman, natija keyingi daraja... APLni darajasini esa tortishmayman, buni tushunish uchun APLni ko'proq ko'rish kerak...
Men uchun yoshning ahamiyati yo'q. Aql boshda bo'ladi. Saloh bu yil zo'r natija ko'rsatdi, APL da Kevin de Bryuyne bir umr orzu qilgan, har safar Terri Anriga "men sening APL dagi rekordingni yangilayman" deb hazillashib, rekordni amalga oshirolmagan ishni Saloh qildi (20+ gol va 20+ assist). Ammo, bu faqat APL da xolos. APL dagi natija esa hech qachon La Liga natijalariga teng kelolmaydi. Buni biz Oltin To'pni La Ligachilar olganidan ham bilib olsak bo'laveradi. Keyin, siz hozir faqat 1 mavsumni emas. Uzoq yillik kuzatishlaringiz mahsuli orqali tahlil qilyapsiz. Salohning 10 yillik futbolini va Ronaldinyoning tengsiz mahoratining Oltin To'p 2025 ga hech qanday aloqasi yo'q. Oltin To'p 2025 da faqat 2024-2025-yilgi mavsumdagi natijalar qabul qilinadi. Bunda Rafinya eng kuchlisi, uning darajasi Messi yoki Ronaldinyo, yoki Salohga yetishi shart emas. U hozir eng kuchli mavsumini o'tkazmoqda. U hozirgi kundagi eng individual natijasi gol+assist bo'yicha eng kuchli futbolchi. Salohdan ham kuchli u bu yilda. Saloh katta o'yinlarda yo'q edi. Rafinya esa har bir katta o'yinda bor. Shuning uchun u hozir Salohdan gol ham ko'p urdi, Salohdan assist ham ko'p amalga oshirdi.
+1   
12 мая 23:13:06
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя Jahongir Mansurov
Siz JCh. Yuki og'irroq shuning uchun chempion bo'lganlar Oltin top oladi deb aytib oʻtib ketdingiz. Nega unda chempionlar olmadi, OTni.
Kim sizga chempionlar oladi Oltin To'pni dedim? Jahon Chempioni bo'ldi deb zahirada o'tirgan odamga ham Oltin To'p berib yuborish kerakmi shunda? Dal kengroq fikr yuritishga miyangiz torlik qilyapti sheklli. Men sizga eng nufuzli turnirda eng yaxshi individual natija ko'rsatgan futbolchigina Oltin To'p oladi dedim, agar u mavsum davomida ham yaxshi o'ynagan bo'lsa.
+1   
12 мая 23:02:49
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя Jahongir Mansurov
Individual deyapsizda yana sovrin tiqishtirayabsiz)))))))))))))))))). Undan ko'ra jurnalistlar ovozi oladi deb qo'yavering. ))))))))))))))))
Ey inson, individual deganda men Yevroning yutdi Rodri, shuning uchun oldi demayapman. Kallani ishlating, men Rodri Yevrodagi eng yaxshi o'yinchi degan individual sovrinni oldi deyapman. Masalan, Yevropni yutdi deb men Karvahalga Oltin To'p berilsin demayapman. Karvahal ham yutdi Yevroni, lekin u hech qanaqa individual sovrin egasiga aylanmadi Yevroda. Shunga aytishadi turnir sovrinini yutgan emas, individual sovrin yutgan futbolchiga Oltin To'p beriladi deb. Endi yetib boryaptimi?
+1   
12 мая 22:59:18
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя Jahongir Mansurov
Aytgan (UZUN) fikrlaringizdan kelib chiqib kim olishi kerak ekanini bilmoqchi edimda.
Men 2010 va 2018 ga hech qanday e'tirozim yo'q. E'tirozni siz qilyapsiz. Shuning uchun so'radim kim olishi kerak edi deb.
+1   
12 мая 22:57:05
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя MuhlisUz
Rafiniya APLda xech kim edi(Lidsda), LaLigada yulduz bo'ldi, xammaga xam emas APLda yulduz bi'lish, buni xaqiqiy futbol muxlislari tushunadi...
Haqiqiy futbol muhlislari o'zlari aniqlab olishgan qaysi ligadagi futbolchiga Oltin To'p berishni. Eng ko'pi La Liga. Siz esa faqat quruq gapni olib qochdingiz, men esa fakt bilan gapirdim, Oltin To'p mening gapimni tasdiqlaydi.
+1   
12 мая 22:54:23
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя MuhlisUz
APL dagi gol LaLiganikidan qimmatliroq manimcha...
Qattiq adashasiz. Yevropada Oltin Butsa degan sovrin bor, bu rasmiy sovrin. Endi menga aytingchi, bu sovringa da'vogarlik qilayotganlar bittasi APL dan, boshqasi La Ligadan bo'lsa, har ikkisi urgan gollariga teng ya'ni 2 balldan berilsa, u holda APL da urilgan gol La Ligadan qimmaliroq bo'ladi degan gapda qanchalik mantiq bor? Mayli, men bu gapingizni qabul qildim (aslida umuman qabul qilmayman) deylik, u holda YChLda urilgan gol qimmatliroqmi yoki APLdagi golmi? Saloh APLda to'purar va aasistent bo'ldi, bunaqa ishni Rafinya YChLda qildi. U YChLda ham to'purar, ham assistent. Qay birining toshi og'irroq nufuz jihatidan olib qaralsa?
+1   
12 мая 22:49:58
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя Jahongir Mansurov
Qaysi statistika bo'yicha yaxshi deb topildi Rodri shunda.
Himoyaviy va maydon markazidagi harakatlari evaziga Yevroda eng yaxshi o'yinchi deb topildi Rodri. Bellingem Yevroda nimadir karomat ko'rsatdimi? Yo'q. U faqat YChL va La Ligada yaxshi o'ynadi. Ammo, Yevro bor yilda YChL 2-planga tushib qolishini aytdim sizga. Rodri 2024-yildagi eng nufuzli turnir Yevroning eng yaxshi o'yinchisi degan individual sovringa ega chiqdi, tamom. Bu yerga qanaqadir Vinisiuschangizni va Bellingemchangizni tiqishtirmang. Vinisius Kopa Amerikasa bug'lanib ketdi, Bellingem Yevroda bug'lanib ketdi. G'olib esa Rodri bo'ldi, chunki u individual tomondan eng nufuzli turnirning sovrinini qo'lga kiritdi. Mana sizga nega Oltin To'pni Rodri qo'lga kiritganining konkret javobi.
+1   
12 мая 22:45:38
MENTAL!ST
Ответ на комментарий пользователя Jahongir Mansurov
Unda siz aytgan Og'ir toshli kuboklarga nima deysiz 2010 JCh. 2018 JCh. Qani siz aytgan chempionlarga berilgan oltin to'p.
Kim olishi kerak edi 2010 va 2018 da?
championat.asia
< посмотреть последние новости
Яндекс.Метрика