"Бу "Олтин тўп" тарихидаги энг катта адолатсизлик"
30 окт 19:49
Новости
"Бу "Олтин тўп" тарихидаги энг катта адолатсизлик"
Бразилияда "Олтин тўп"нинг якуний натижалари адолатсиз бўлди дея бонг уришмоқда.
"France Football" талқинига кўра, "Манчестер Сити" ва Испания терма жамоаси ярим ҳимоячиси Родри 2024 йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Реал" ва Бразилия терма жамоаси вингери Винисиус Жуниор эса иккинчи бўлди.
"Винисиусга қилинган муносабат "Олтин тўп" тарихидаги энг катта адолатсизлик бўлди.
Унинг бразилиялик эканлиги, "Реал" сафида тўп тепиши ва ҳужумда ўйнаши унинг фойдасига ишлаши керак эди", - деди Бразилиянинг "Estadao" газетаси спорт муҳаррири Густаво Фалдон.
Комментарии
Vinisiusning muxlislari “Oltin to‘p”ni topshirish marosimidan so‘ng “Rodri” ismli yulduzlarga ommaviy ravishda “hujum qildi”.
“Manchester Siti” klubi futbolchisi Rodri “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan so‘ng, braziliyalik muxlislar ispaniyalik futbolchining barcha familiyadoshlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali “hujum” qilmoqda. Dastlab argentinalik Rodrigo De Pol va qo‘shiqchi Oliviya Rodrigoning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari birinchi bo‘lib jabr ko‘rdi. Muxlislar sharhlarda futbolchi mukofotga noloyiq ekanini yozish bilan birga sahifa egasini haqoratlar bilan siylagan.
Voqealar shu bilan tugamadi: muxlislar tasodifan Rodrigo Bentankur, Rodrigo Rikelme, Xames Rodriges, shuningdek, 17 yoshli Rodrigo Moragani “nishonga olgan”. Hatto Vinisiusning “Real Madrid”dagi jamoadoshi Rodrigo Goes ham do‘stining muxlislaridan jabr ko‘rdi.
Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesning sahifasida ham muxlislar “Oltin to‘p”ni Vinisiusga qaytarishni talab qilishgan.
Rodrining o‘zi hech qachon ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochmagan va ularni ongli ravishda rad etadi. BBC podkastiga bergan intervyusida u yoshligida Internetga qaram bo‘lishni xohlamaslikka qaror qilganini aytgan.
Rodri bilan hammasi boshqacha, u o'z pozitsiyasi ya'ni tayanch yarimhimoyachilar ichida futbol tarixida ilk bor eng fenomenal samaradorlik namoyish qildi: 12 gol, 15 assist. Shu kungacha hech bir tayanch yarimhimoyachi bunday natija qayd etmagan edi, na Kazemiro va na Buskets. Oltin To'pni esa futbolchilar ichida eng zo'ri oladi, Vinisius hatto o'z pozitsiyasida eng zo'ri bo'lmagan bo'lsa, qanday qilib Oltin To'pga munosib bo'lsin? O'zi u 2-o'ringa loyiq ko'rilgani ham katta gap.
Baho:
«DAZN» telekanali «El-klasiko» vaqtida «Barselona» yarim himoyachisi Gavi va «Real» hujumchisi Vinisius o‘rtasidagi suhbatda nima haqida gap ketganini ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, braziliyalik futbolchi o‘yin vaqtida Gaviga «dushanba kuni «Oltin to‘p»ni olish uchun borishini» aytmagan.
Aslida, Vini ispaniyalik futbolchiga «2 ta YECHL kubogi» borligini aytgan.