So’nggi yangiliklar

14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  1 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   1 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  14 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  20 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  3 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  14

Zohir Qo'ziboev: "Qora ananaga chek qo'ymoqchimiz" Yangiliklar

Zohir Qo'ziboev: "Qora ananaga chek qo'ymoqchimiz"

O'zbekiston chempionatining iyun va iyul oylaridagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma 1-5 avgust kunlari bo'lib o'tdi.
Ushbu so'rovnoma natijasiga ko'ra oyning eng yaxshi futbolchilar qatorida ikkinchi o'rinda qayd etilgan Zohir Qo'ziboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Albatta butun O'zbekiston bo'yicha oyning eng yaxshi futbolchilar qatoridan joy olish juda ham yoqimli. Ochig'ini aytsam juda-juda xursand bo'ldim. Bu menga qo'shimcha kuch bag'ishlashiga ishonaman. Men uchun bundan ham muhimi jamoamiz qayd etayotgan natijalardir. SHaxsiy sovrinlar jamoa yutug'iga qarab kelaveradi" , - deydi Zohir Qo'ziboev

- Birinchi davradan so'ng Oliy liga to'pururlari ro'yhatida ham kuchli uchlikdasiz. Bu siz uchun kutilmagan holatmi?

Bilmadim. Men unday deb o'ylamayman. Jamoamizni mehnatini gollar bilan ko'rsatamiz. Maqsadim esa Oliy ligada ham to'purur bo'lish. Ko'proq gol ursam g'alaba qozonamiz va "Mashal" yuqori pog'onalarga ko'tariladi. Birinchi vazifam shundan iborat.

- Bugun jamoa oldida qiyin uchrashuv bor. "Mashal" ushbu kungacha hali "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol eta olmagan. Siz hujumchi sifatida buni qanday baholaysiz?

"Bunyodkor" bizni jamoadan shu kungacha kuchli bo'lganligi uchun bizni jamoa gol ura olmagan deb baholayman. Bugun jamoamiz tarixidagi ushbu qora ananaga chek qo'ymoqchimiz. Qiyin uchrashuv bo'ladi va oldimizda juda katta to'siq bor. Biz maydonni g'alaba bilan tark etmoqchimiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика