So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Zohid Nurmatov: "Tezkor gollar salbiy tasir o'tkazdi" Yangiliklar

Zohid Nurmatov: "Tezkor gollar salbiy tasir o'tkazdi"

"Andijon" - "Navbahor" (3:1) bahsidan so'ng mehmonlar murabbiyi Zohid Nurmatov jurnalistlar savollariga javob berdi.
- O'zinglar ko'rdinglar, yigitlar uchrashuvni yomon boshlamadi. Lekin ayrim vaziyatlarda yo'l qo'yilgan xatolardan keyin Andijon unumli foydalandi. O'ylaymanki bunda eng katta xato himoyachilarimizda. CHunki mezbonlar birinchi bo'limda jarima maydonchamiz ichida to'rt marotaba havfli vaziyat yuzaga keltirgan bo'lsa, shundan uchtasi gol bilan yakunlandi. Bu esa yigitlarimizga katta tasir o'tkazdi. Qisqa muddat ichida ketma-ket gollar o'tkazib yubordik. O'ylaymanki bugun Andijonning bizga nisbatan g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi kuchliroq edi. SHu tufayli ular g'alaba qozonishdi.

- SHahboz Erkinov bugun yana gol urdi. Nima uchun uchrashuv boshida zaxirada qoldirildi?
- Mavsum boshidan buyon Erkinov jamoamizda to'purar hisoblanadi. Lekin Kachur safimizga ikkinchi davrada kelib qo'shilgan bo'lsa-da, u ham to'purarlar ro'yxatiga kira oldi. O'ylaymanki bu ikki hujumchimiz teng kuchga ega. Dastlabki daqiqalardan boshlab Erkinovmi yoki Kachur o'ynaydimi buning farqi yo'q edi. SHu tufayli biz bugun Ruslanga ishonch bildirdik. Erkinovni esa zaxiradan tushirdik. SHahboz ikkinchi taymda maydonga tushib jamoamizning yagona golini kiritdi. Bu golda keyin yigitlar faqat ruhlanishi kerak edi xolos. Ikkinchi taymda ko'rdinglar ko'plab qulay vaziyatlarga ega bo'ldik. Lekin o'yinchilarimiz vaziyatlardan unumli foydalana olmadi.Yana Erkinovga keladigan bo'lsak, u oxirgi uchta o'yinda 90 daqiqadan o'ynadi. SHu bois unda biroz toliqish paydo bo'lgandek tuyuldi, - deydi Nurmatov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика