Zlatan Ronalduga javob berdi
16 jan 21:08
Yangiliklar
Zlatan Ronalduga javob berdi
Sobiq futbolchi Zlatan Ibragimovich "Al Nassr"da o'ynayotgan Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionati darajasi borasidagi gaplariga javob berdi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi "Globe Soccer Awards" marosimida Saudiya Arabistoni chempionatini Franciyadan kuchli deb atab, Franciyada faqatgina PSJ borligini aytgan.
"Bu erda javob qaytaradigan gap yo'q, biror tomonning foydasiga isbot bo'lmasa, biror nimani muhokama qilish shart emas. PSJ - Evropaning buyuk klublaridan biri, jamoa juda kuchli ligada o'ynaydi.
Balki faqatgina Ispaniya va Angliyaning ligalari Franciyadan kuchlidir. Lekin Saudiya Arabistoni chempionati Franciyadan kuchli deb javob bera olmayman va bu uchun vaqtimni ham sarflamoqchi emasman", - dedi PSJning sobiq futbolchisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar