Zinedin Zidan: "Atletiko" har tomonlama bizdan yaxshiroq edi"
27 iyu 2019 11:18
Yangiliklar
Zinedin Zidan: "Atletiko" har tomonlama bizdan yaxshiroq edi"
"Biz o'yinni yomon tarzda boshladik. 8 daqiqa o'tib esa 0:2 hisobida yutqazayotgan edik. Bizga ko'p narsa etishmadi. Ayniqsa, bu daraja uchun zarur bo'lgan intensivlik. Raqib 7ta gol urdi, buni qabul qilish mumkin emas. Buni g'amgin futbolchilarimiz ham tushunib turishibdi. Bu mavsumoldi o'yin. "Atletiko" bizdan har tomonlama kuchli o'ynadi. Boshqa nima ham deyishim mumkin.
Biz mavsumga tayyorgarlik ko'ryapmiz. "Real" 17 avgustda bo'lib o'tadigan La Liganing birinchi turiga tayyor bo'lishi kerak. Klubni yaxshi mavsum kutmoqda. Afsuski, biz bugun xursand bo'la olmadik", - deydi Zidan.
Eslatib o'tamiz, Xalqaro chempionlar chempionlar kubogi doirasidagi "Real" va "Atletiko" bahsida "matraschilar" raqibni yirik (7:3) hisobda mag'lubiyatga uchratishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar