Zidan “Valensiya”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
04 apr 2019 09:47
Yangiliklar
Zidan “Valensiya”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
“Real” bosh murabbiyi “Valensiya”dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Havodagi kurashlarda bizga ozgina omad etishmadi. Dastlabki yarim soatlikda yaxshi o'ynadik. Ammo o'zimizga ishonch ham etishmadi. O'yinchilarimni hech narsada ayblay olmayman. Ular harakat qilishdi. Biz juda yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik. Biroq mag'lubiyatga uchrash doimo yoqimsiz bo'lgan. Bizda raqib darvozasiga qadar borish va zarba berishda muammolar kuzatildi. Ayniqsa, maydonning uchinchi qismida. Jamoa oxirigacha kurashdi. Qiyin vaziyat. Lekin keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. O'yinchilarimni qo'llashda davom etaman, navbatdagi o'yinda yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz”,—dedi Zidan.
Fikrlar