Zidan "Real"da "Lion" futbolchisini ko'rmoqchi
15 mar 2019 11:22
Yangiliklar
Zidan "Real"da "Lion" futbolchisini ko'rmoqchi
"Real"ga qaytgan Zinedin Zidan o'z jamoasida "Lion" forvardi Nabil Fekirni ko'rmoqchi.
Fekir katta ehtimol bilan joriy mavsum oxirida Franciya klubini tark etadi. Uning "Lion" bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi, shu sababli klub futbolchini erkin agent sifatida qo'yib yubormasdan, undan yaxshigina daromad olmoqchi.
Fekir o'tgan mavsum "Liverpul"ga o'tishga yaqin kelgandi. O'shanda tomonlar barchasini kelishib olgandi, biroq franciyalik forvard jamoada qolishni maqul ko'rdi.
Kecha, 14 mart kuni "Real" "Portu" himoyachisi Eder Militao transferi borasida kelishuvga erishgani elon qilingan edi.
Zidandan tezkor yurish. "Real" birinchi transfer borasida kelishib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar