So’nggi yangiliklar

17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   0 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  11 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  2 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  0 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  3 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   20 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  23 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  14 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  8

Zidan - ikkinchi Fergi. Biroq u MYUni o'zgartiradi degani emas Yangiliklar

Zidan - ikkinchi Fergi. Biroq u MYUni o'zgartiradi degani emas

Teglar :  Zinedin Zidan
"Old Trafford"dagilar Mourinodan keyingi hayotni o'ylashni boshlab yuborishgan.

Jamoa rahbariyati tufayli Lui Van Gal bilan bo'lgan voqealar yana qaytarilmoqda. Angliya kubogi finalidagi g'oliblikdan keyin berilgan istefoni gollandiyalik mutaxassis xoinlik deb hisoblagandi.

"Yunayted"ning so'nggi ikki murabbiylari qiyinchiliksiz tanlab olindi: ko'plab sovrinlarga ega chiqqan, kuchli va o'sha pallada ishsiz edi. Ularga chegarasiz erkinlik berildi va shunday holatda ham jamoaning qayta yaralishi yuzaga kelmadi.

Hozircha MYU rivojlanish yo'liga tushib olishdan anchagina uzoqda, va shuni taxmin qilish mumkin-ki, Mourinoning o'rnida ishlaydigan inson ham portugaliyalik hamda Van Gal davridagi principni tanlaydi. Zidan - klub rahbariyati va Ed Vudvord uchun ajoyib variant.

ECHLdagi uch sovrin bilan "Real" tarixiga ajoyib ravishda kirgan murabbiy kutilmaganda istefoga chiqdi. Francuz - ayni damda ishsiz yurgan eng mashhur murabbiy. U yosh, g'ayratli va muxlislar uchun ham qiziqarli.

"Yunayted"ning ko'plab muxlislari Ser Aleksni eslatib yuborayotgan Zidanni hoziroq "Old Trafford"ga olib kelishni istamoqda. Ajablanarli joyi yo'q: uning ko'rinishi shotlandiyalikning fonini beradi (Ser Aleks ham yoshligida jamoaga kelgan, muvaffaqiyatlarga o'ch bo'lgan), shuningdek, ish uslubi ham.

Zidan Fergi kabi, faqatgina taktikaning dahosi emas, shunchaki dohiy! Uning "Real"i olinishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. Bazida raqibni jarima maydonchasi ichida qamab qo'ygan bo'lsa, ayrim vaziyatlarda qarshi hujumlarda jazoladi. "Real" juda yomon o'yin ko'rsatgan vaqtlari ham bo'ldi, ammo ular o'z kuchi bilan buni yuvib keta olishdi.

"Yunayted"da ham shunday edi - mashhur Fergi-taym jamoaning ko'plab o'yinlarini qutqarib qolardi va ajoyib tarix yaratardi. Zidan ham jamoasini ushbu sharoitga moslashtirdi va shundan qobiliyatni singdirdi. U tarkibda katta rotaciyani amalga oshirdi, biroq o'shanda u yoki bu futbolchilarning o'zini ko'rsata olishini ham hisobga oldi.

Nihoyat, u Mourino "Madrid"da ham "Manchester"da ham yarata olmagan birdamlikni yarata oldi. Zaxirada o'tirgan futbolchi ham Zidanga ishonch bildirdi va o'z vaqtini kutdi.

Zidan va "Manchester Yunayted" bir-biri uchun yaralgandek. Birof "no" tomoni bor: Zidan borguniga qadar "Real"da "Manchester"dagidek muammolar yo'q edi. Rafa Benites yarim yil davomida bunchalik darajada yomon ishlamagandi.

"Manchester"dagi ishlar juda yomon. Tabassum va katta vadalar bilan jamoaga kelgan murabbiylar 6 oydan keyin o'lim bilan yuzlashayotganlar kabi bo'lib qolmoqda. Rahbariyat rekord darajada daromadga ega bo'lmoqda, biroq vaziyat hal bo'lmayapti: murabbiyga absolyut darajada erkinlik berilmayotgan bo'lsa, rahbariyatning o'zi ham transferlarni to'liqligicha nazorat qila olmayapti.

Mourinoning o'rnida ishlaydigan inson esa katta ehtimol bilan jamoaning asosini saqlab qolmaydi. Huddi "Real"dagi kabi Zidan o'z uslubiga mos tushganlarnigina olib qoladi va katta o'zgarishlarni amalga oshiradi. Zinedin "Real"ga juda kam futbolchi transfer qildi, Teo va Sebalos esa perspektivlik uchun olingandi. Zizu boshqalarga namuna bo'la olmaydigan jamoani qabul qilib oldi va har bir yulduzga o'zining kuchli tomonini ko'rsatish uchun imkoniyat qilib beraverdi.

U yana bir marta jamoani "qayta qurish" kerakligini sezganida, istefoga chiqdi. U "Manchester Yunayted"ni ham boshqatdan yarata olishni uddalarmikin? "Real" uch mavsum mobaynida asosiy vazifalarini o'zgartirmadi, bu vaqtda "Yunayted" qimmatbaho transferlar orqali ham etuk jamoaga aylanmadi.

Zidan tashlagan har bir qadamida muammolarni hal qilishi kerak bo'ldi. Agarda u Van Galdan keyin jamoada ishlaganida allaqachon sochi to'kilgan bo'lardi, albatta bu xazil. Modrich o'rniga qaysar, agenti orqali gapiradigan Pogba, Krishtianu Ronalduning o'rniga melonxolik Marsyal va uzoq vaqt bir tempda o'ynay olmaydigan Mata, Ramos va Marseloning o'rnida Smolling va SHou. Zidanning sochi o'sib, yana to'kiladiganga o'xshaydi.

Bu insonlar Zidanni o'yinda qutqara olishi mumkinmi, ularning barchasi ham rejalarga kiradimi? SHunday bo'lmagan taqdirda, oradan bir necha oylar o'tib, o'z vazifalarini bajaradimi yoki yo'q, shu haqida pichirlay boshlashadi. Bunday holatlarda har doim o'zing uchun eng kerakli yo'lni topib olishing kerak.

Zidan "Real"dagi ilk yarim yilligidayoq ishonchga kirdi, ECHLda g'oliblikka chiqdi, chempionatda g'alabali seriya qayd etdi. SHundan so'ng Peres jamoaning ishlariga aralashishga jurat qila olmadi - u francuz bilan gapi bir joydan chiqmasligidan qo'rqdi. Bu erda har qadamda kurashish kerak: futbolchilarni boshqarish, rahbariyat bilan yaxshi munosabat, asosiysi jamoaning birinchi o'ringa qaytarish.

"Yunayted" - yuqori saviyali futbolchilarga to'la, biroq befarqlik va tasodifiy futbolchilar bilan shakllangan jamoa. Jamoaning o'yiniga maza berish esa bir insonning asosiy vazifasi.

Zidan "Manchester Yunayted" boshqaruvini o'z qo'liga olsa, o'z odatidan chekinishi va ko'plab transferlarni amalga oshishiga to'g'ri keladi. Ko'plab futbolchilar jamoaning saviyasiga to'g'ri kelmaydi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика