So’nggi yangiliklar

10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  0 08:08Бугун финал!  7 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  10 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  8 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  24 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Jazoir Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Jazoir

Jahon chempionati so'nggi "H" guruhi vakili Jazoir terma jamoasi haqida so'z yuritamiz.


Jazoir terma jamoasi mundiallarda uch bora ishtirok etgan. Braziliyada bo'ladigan chempionat ular uchun to'rtinchisi hisoblanadi. 


Jazoir jahon chempionatidagi o'zining ilk ishtirokini 1982 yilga kelib nishonlagan. Ispaniyada bo'lib o'tgan mundialda Jazoir termasi guruh bosqichida Germaniya, Avstriya va CHili jamoalari bilan birga tushishgan. Ammo Jazoirga guruh bosqichini ko'ngildagidek tugatish nasib etmagan. Oradan to'rt yil o'tib, 1986 Meksika o'tkazilgan mundialda ham qatnashishgan. Lekin bu safar ham ularga guruhdan nariga o'tish nasib qilmagan. Ketma-ket ikki bor jahon chempionatida ishtirok etgan Jazoir uzoq vaqt ushbu eng yirik musobaqada qatnasha olmadi. Katta tanaffusdan so'ng, 2010 yili JARda o'tkazilgan chempionat chiptasini yutib olishni uddasidan chiqishadi. 24 yildan keyin jamoa yana xalqaro maydonga qaytadi. Angliya, AQSH va Sloveniya kabi jamoalar bilan bir guruhdan joy olgan Jazoir guruhdan chiqish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi. Ammo so'nggi pallada AQSH ulardan uzib ketib, pley-off masalasini hal etgandi.


Jazoir o'z oldiga avvalgi natijalarini yaxshilash maqsadi bilan Braziliyaga tashrif buyurmoqda. Ular o'rin olgan guruh Jazoir termasi uchun ancha mos keladi. Nisbatan teng kuchli jamoalar jamlanishgan. Koreya, Rossiya va Belgiya terma jamoalariga qarshilik qilish Jazoirni qo'lidan keladi. "H" guruhida haqiqiy top jamoa yo'q. Belgiyaning hozirgi tarkibi va gullagan avlodiga guruh etakchisi sifatida qaralmoqda. Rossiya esa avvalgidek kuchli emas. Koreya esa bu guruhda ikkinchi o'rinni egallash uchun kurashib ko'radi. Umuman olganda, har bir jamoa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega. Jazoir uchun anchagina yaxshi guruh deb bemalol ayta olamiz.



Jazoir terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil: 1957

Mintaqasi
: Afrika

Bosh murabbiy: Vaxid Xalilxojich (Bosniya va Gercegovina)

Jamoa sardori: Majid Bugerra

Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Laxdar Bellumi (101 o'yin)

Eng yaxshi to'purar: Abdelxafid Tasfaut (36 gol)

FIFA reytingidagi o'rni
: 26

Ilk o'yin: Tunis - Jazoir 1:2 (1957 yil)

Eng yirik g'alaba: Jazoir - Janubiy Ummon 15:1 (1973 yil)

Eng yirik mag'lubiyat: Germaniya - Jazoir 5:0 (1976 yil)

Erishgan yutuqlari:
Afrika millatlar kubogi sohibi: 1990



Jazoir terma jamoasining yakuniy tarkibi
:

Darvozabonlar
- Rais M'Boli (CSKA, Bolgariya), Moxamed Zemmamush ("Aljir"), Sedrik Si Moxamed ("Konstantina" Aljir);

Himoyachilar
- Essaid Belkalem ("Uotford", Angliya), Madjid Bugerra ("Lexviya", Katar), Liassin Kadamuro ("Malorka", Ispaniya), Fauzi Gulam ("Napoli", Italiya), Rafik Xallish ("Akademika", Portugaliya), Aissa Mandi ("Reyms", Franciya), Karl Medjani ("Valansen", Franciya), Djamal Mesba ("Livorno", Italiya), Mexdi Mostefa ("Ayachcho", Franciya);

Yarim himoyachilar
- Nabil Bentaleb ("Tottenxem", Angliya), Yasin Braximi ("Granada", Ispaniya), Mexdi Lasen ("Xetafe", Ispaniya), Safir Taider ("Inter", Italiya), Xassan Yebda ("Udineze", Italiya), Sofian Feguli ("Valensiya");

Hujumchilar
- Abdelmumen Djabu ("Klub Afrikan", Aljir), Ispaniya), Nabil Gilas ("Portu", Portugaliya), Islam Slimani ("Sporting", Portugaliya), Xilal Sudani ("Dinamo", Xorvatiya), Riyyad Maxrez ("Lester").



SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика