JCH-2014 ishtirokchilari - Meksika
13 may 2014 15:09
Yangiliklar


JCH-2014 ishtirokchilari - Meksika
Birinchi bo'lib jahon chempionatining "A" guruhidan o'rin olgan Meksika terma jamoasi haqida so'z yuritamiz.
Meksika terma jamoasi shu kungacha o'tkazilgan 19 chempionatdan 14 tasida qatnashishgan. Ushbu o'lka vakillarining eng yaxshi natijalari esa 1970 hamda 1986 yillarda bo'lgan. Ular shu ikkita mundialda chorak finalgacha etib borishgan.
Bu terma jamoa ancha boy tajriba ega hisoblanishadi. Meksika terma jamoasi Konkakaf mintaqasi saralash bosqichida ishtirok etdi. Meksika bu saralash bosqichida to'rtinchi o'rinni egalladi. Keyin esa pley-offda Yangi Zelandiyani mag'lub etdi va Braziliyada bo'ladigan mundial chiptasini qo'lga kiritdi.
Meksika tarkibidagi bir qator kuchli va yulduz futbolchilar harakat qilishadi. Bular jamoa sardori Rafael Markes, ishonchli posbon Gilermo Ochoa, Paul Agilyar, Karlos Salsido, Andres Guardado, Karlos Penya, Ektor Errera, Xaver Ernundez va Jovanni dos Santos.
Meksika terma jamoasini meksikalik murabbiy Migel Errera boshqarib boradi. Mundialga ishtirok etadigan tarkib ichidan eng ko'p maydonga tushgan futbolchi bu Karlos Salsido hisoblanadi. U terma jamoa libosida 119 o'yin o'tkazgan. SHuningdek, jamoa sardoi Rafael Markez esa undan bitta kam 118 uchrashuvda terma jamoa libosini kiygan.
Braziliyaga boradigan tarkib ichidan eng ko'p gol urgan futbolchi bu "Manchester Yunayted" hujumchisi Xaver Ernandez hisoblanadi. Ernandez Meksika terma jamoasi safida 35 bora raqib posbonlarini ranjtishga erishgan.
Meksikaning ajabtovur ishqibozlari
Meksika muxlis va muxlisalari jamoasini shunday qo'llab-quvvatlashadi
Meksika go'zali ham o'z jamoasi o'yiniga befarq emas
Meksika termasi o'rin olgan guruhda mundial mezboni va g'oliblikka asosiy davogar sanalayotgan Braziliya, Kamerun va Xorvatiya jamoalari o'rin olishgan. Ushbu jamoalar o'rtasida pley-offga yo'llanma beradigan dastlabki ikki o'rin uchun qiziqarli va keskin kurash kechishi tabiiy.
Meksika terma jamoasi haqida:
Bosh murabbiy: Migel Errera (Meksika)
Jamoa sardori: Rafael Markez ("Leon")
Terma jamoa tarkibida eng ko'p o'ynagan futbolchi: Klaudio Suarez (178 o'yin)
Terma jamoa to'purari: Xared Borxetti (46ta gol)
Ilk rasmiy o'yini: Gvatemala - Meksika 2:3
Eng yirik g'alabasi: Meksika - Bagama 13:0
Eng yirik mag'lubiyat: Angliya - Meksika 8:0
Erishgan yutuqlari:
Konkakaf g'olibi: (9-marta: 1965, 1971, 1977, 1993, 1996, 1998, 2003, 2009, 2011)
Konfederaciyalar kubogi sohibi: 1999
Olimpiyada g'olibi: 2012
FIFA reytingidagi o'rni: (19 o'rin, Aprel oyi holati bo'yicha)
Meksika terma jamoasining mundialda ishtirok etadigan yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar: Gilermo Ochoa (Ayachcho, Franciya), Alfredo Talavera (Toluka), Xesus Korona (Krus Asul).
Himoyachilar: Paul Agilyar, Migel Layyun, Fransisko Rodriges (Amerika), Diego Reyes (Portu, Portugaliya), Rafael Markes (Leon), Ektor Moreno (Espanol, Ispaniya), Karlos Salsido (Tigres), Andres Guardado (Bayer, Germaniya).
Yarim himoyachilar: Xuan Karlos Medina (Amerika), Isaak Brisuelya (Atlas), Xose Xuan Vaskes, Luis Montes, Karlos Penya (Leon), Marko Fabian (Krus Asul), Ektor Errera (Portu, Portugaliya).
Hujumchilar: Raul Xemenes (Amerika), Alan Pulido (Tigres), Xaver Ernandes (Manchester Yunayted, Angliya), Jovani dos Santos (Vilyarreal, Ispaniya), Oribe Peralta (Santos Laguna).
SHahboz Beg'amov

Fikrlar