So’nggi yangiliklar

11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  12 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  2 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  0 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  2 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  7 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  9 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  5

JCH-2014. Germaniya - Gana. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Germaniya - Gana. PREVYU

Birinchi turda Portugaliya ustidan yirik hisobda zafar quchgan Germaniya Gana bilan bo'ladigan o'yinda ham g'alaba qozonishga urinib ko'radi.
Dastlabki turda Germaniya uch ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, Gana kutilmaganda AQSHga yutqazib qo'ydi. SHundan so'ng ko'pchilik Gananing mag'lubiyatini tasodif sifatida izohlay boshladi. O'sha mag'lubiyat tasodif edimi yoki yo'q, bugungi bahs orqali ko'rib olsak ajab emas. Agar Germaniya zafar quchsa, nemislar keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilishadi va bu vaziyatda Gananing guruhdan chiqmay qolishi oydinlashadi.

Albatta, mazkur jamoalar o'rtasidagi bahsda favorit - Germaniya. Aksariyat Evropa jamoalaridan farqli o'laroq Germaniya Braziliyadagi mundialda yorqin o'yin namoyish etmoqda. SHuningdek, Riberisiz qolgan Franciya ham chakki emas. Germaniyaning o'yin uslubi oxirgi yillarda ancha o'sdi. Yoshlar ham yaxshigina tajriba to'plab olishdi. Portugaliyaga qarshi bahsda nemislar bexavotir o'yin ko'rsatishdi, shunday bo'ldiki, ular Portugaliyani osonlik bilan yutgandek ko'rindi. Qolaversa, futbolchilar bir mexanizmdek ishlashdi: hech qaerga shoshilishmadi va raqib xatolarini kutishdi.
 


Gana esa yuqorida aytib o'tganimizdek, AQSHga yutqazib qo'yib ko'pchilikni hayron qoldirdi. O'sha o'yinda aksariyat ishqibozlar “Qora yulduzlar”ning g'alabasini taxmin qilishgandi. Zaxiradan maydonga tushgan Kevin-Prins Boatengning o'yini jamoani ancha kuchaytirdi. SHunday ekan, bu futbolchi bugun asosiy tarkibda to'p tepishi mumkin. Bunday vaziyatda Jordan Ayyu zaxira o'rindig'idan joy oladi. Asosiy tarkibda shuningdek, jamoa etakchisi Maykl Essenning ham tushishi kutilmoqda.

Birinchi turda maydonga tushmagan Bastian SHvaynshtayger bugun asosiy tarkibdan joy olishi mumkin. Bu holatda Sami Xedira zaxirada qoladi. Jarohati qiynayotgan Matt Xummels bugun maydonga tushadimi? Katta ehtimol bilan “Ha” deb javob bersa bo'ladi. Lekin murabbiy uni zaxirada qoldiradigan bo'lsa, unda himoya markazida Mertezakerga SHkodran Mustafi ko'mak beradi.

Muxlislarni qiziqtirayotgan eng muhim savol esa Klozega imkoniyat berilishi bo'lib qolmoqda. Agar Kloze mazkur JCHda bitta gol ursa to'purarlik bobida braziliyalik Ronaldoga etib oladi, ikkita ursa undan o'zib ketadi. Germaniya terma jamoasi ishqibozlari Klozedan shunday natijani kutishmoqda va Yoaxim Lyov bu hujumchiga ham imkoniyat berishiga umid qilishmoqda.



JCH-2014. “G” guruhi. 2-tur
GERMANIYA – GANA
Fortaleza. “Kastelan” stadioni
Bosh hakam: Sandro Richchi (Braziliya)

Taxminiy tarkiblar

Germaniya: Noyer - J. Boateng, Mertezaker, Mustafi, Xevedes - Lam, SHvaynshtayger, Kroos - Ozil, Myuller, Gyotce

Gana: Kvarasi - Opare, Mensa, Boye, Asamoa - Essen, Muntari - Atsu, K. P. Boateng, A. Ayyu - Gyan

Jarohat olganlar: Xummels (Germaniya)

Yoaxim Lyov (Germaniya termasi bosh murabbiyi):
“Bunday yirik musobaqalarda birinchi o'yinni yutish juda muhim, lekin bu bilan to'xtab qolish kerak emas. Italiyaga qarang, ular Angliyani mag'lub etib, keyin Kosta-Rikaga yutqazib qo'yishdi. Biz esa bunday xatolarni qilmasligimiz kerak”.

Kvesi Appia (Gana termasi bosh murabbiyi):
“Biz xulosa chiqarib bo'ldik. Jamoa xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirsa-yu, lekin ulardan foydalana olmasa yarim himoyachi va hujumchilar hammasini to'g'ri bajarishyaptimi degan savol yuzaga keladi. O'ylaymanki, Germaniya bilan o'yinda AQSHga qarshi bahsdagi kabi xatolarga yo'l qo'ymaymiz”.



Jamoalar shu paytgacha o'zaro ikkita o'yin o'tkazishgan va har ikkalasida ham Germaniya zafar quchgan. To'rt yil avvalgi JCHda ham Germaniya Gana bilan bahs olib borib Mesut Ozil tomonidan kiritilgan gol evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

Qiziqarli faktlar
-   Germaniya JCH guruh o'yinlarida oxirgi 19ta uchrashuvdan faqat bittasida mag'lub bo'lgan (2010 yil, Germaniya - Serbiya 0:1)
-   Gana JCHdagi oxirgi beshta bahsda o'z darvozasidan oltita gol o'tkazib yubordi.
-   Germaniya shu paytgacha Afrika jamoalaridan faqat bir marta mag'lubiyatga uchragan (1982 yil, Germaniya - Jazoir 1:2)

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика