"Yuventus" Vlaxovichni Lukakuga almashtirishga tayyor
01 avg 2023 13:23
Yangiliklar
"Yuventus" Vlaxovichni Lukakuga almashtirishga tayyor
"Yuventus" hujumchi Romelu Lukakuning Turin klubiga o'tishi borasida "CHelsi" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Janluka Di Marcioning so'zlariga ko'ra, "Yuventus" Dushan Vlaxovichni London klubiga qo'yib yuborishga tayyor, evaziga "ko'klar" Lukaku uchun kamida 35 million evro qo'shimcha pul to'laydi. "CHelsi" allaqachon Vlaxovich bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Vlaxovich 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 42 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Lukaku o'tgan mavsum ijara asosida "Inter"da o'ynagandi. Hujumchi barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda 14 ta to'p kiritgan va 7 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar