So’nggi yangiliklar

08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  6 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  18 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  23 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  7 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0

Yurgen Klopp: "Borussiya" gol ursa nishonlamayman, SHimoliy Koreyaga borgandan ko'ra Dortmundga raqib sifatida kelish afzalroq" Yangiliklar

Yurgen Klopp: "Borussiya" gol ursa nishonlamayman, SHimoliy Koreyaga borgandan ko'ra Dortmundga raqib sifatida kelish afzalroq"

"Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Borussiya"ga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Dortmund juda ajoyib o'ynaydi. Ular juda sovuqqonlik va qo'rqmasdan oldinga o'tishadi. Bizga ularga qarshi o'yin oson bo'lmaydi, ammo biz kurashga tayyormiz. Matbuot anjumaniga 20 daqiqa avval kelganimdan mamnunman. CHunki bu vaqt oralig'ida eski qadrdonlar bilan gaplashib, diydorlashib oldik. Bu imkoniyatdan foydalanmaslik ahmoqning ishi bo'lardi. Ertaga esa hammasi boshqacha bo'ladi. Futbol, yani o'yin bo'ladi. Biz ertaga boshqa-boshqa kiyinish xonalarida bo'lamiz. Dortmundga o'z maqsadlarimiz bilan birga tashrif buyurdik. O'ylaymanki, bizda vaziyatlar bo'ladi va ushbu imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilamiz. To'qnashuv favoriti "Borussiya Dortmund". Ular joriy mavsumni juda ko'tarinki ruhda o'tkazishmoqda va ichki chempionatda chempion bo'lishlari ham mumkin. Trebl qilish uchun ham ularda imkoniyat borligi so'zimga isbot. Agarda ertaga Dortmund gol ursa, unda golni nishonlamayman, bunga to'liq ishonavering! Biz doimo o'z do'stlarimizga qarshi o'ynaganda g'alaba qozonishni istaymiz. SHimoliy Koreyaga borgandan ko'ra raqib sifatida Dortmundga kelgan afzalroq. Ayni paytda "Liverpul" Evropa ligasida favorit jamoalar sirasiga kirmaydi. Lekin Dortmund to'sig'idan o'tsak, unda biz ushbu ro'yxatdan joy olamiz", - deydi Yurgen Klopp.

Eslatib o'tamiz, ertaga Evropa ligasi doirasida "Liverpul" Dortmundda "Borussiya" mehmoni bo'ladi. Yurgen Klopp o'zining sobiq jamoasiga qarshi ilk o'yinini o'tkazadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика