So’nggi yangiliklar

12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  2 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  2 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  18 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  22 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  3 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4

Yulduzlar ishtirokidagi xayriya o'yinini “Setanta Sports”da kuzating! Yangiliklar

Yulduzlar ishtirokidagi xayriya o'yinini “Setanta Sports”da kuzating!

5 avgust kuni Londondagi “Stemford Brij” stadionida Ukraina uchun o'tkaziladigan futbol xayriya uchrashuvi o'tkaziladi va mazkur bahs translyaciyasi “Setanta Sports”da namoyish etiladi.

Unda jahon futbolining amaldagi va o'tmishdagi yulduzlari, boshqa mashhur insonlar – aktyor, yozuvchi, boshlovchi va boshqalar ishtirok etishadi. “Paxtakor” jamoasining sobiq bosh murabbiyi, gruziyalik SHota Arveladze ham mazkur xayriya o'yinida qatnashadi. Unda Andrey SHevchenko va Aleksandr Zinchenko jamoalari to'qnash keladi.

SHevchenko jamoasida Maykl Essen, Rikardo Karvalyu, Luka Toni, Dida, Jermeyn Defo, Janfranko Zola, Karlo Kudichini, Klod Makelele, Uilyam Gallas, Samuel Etoo, Mixaylo Mudrik, Fabio Kannavaro, Klarens Zeedorf, Massimo Oddo, Kristian Panuchchi, Jimmi Floyd Xasselbaynk, Jo Koul, Serjino, Julio Sezar kabi futbolchilar, shuningdek, Rassell Xovard, Jeyms Artur, CHelsi Grayms, Toxib Jimo, Kleyr Rafferti va Keti CHapman kabi jahonga mashhur sanat ustalari va yozuvchilar maydonga tushadi.

Zinchenko esa o'z jamoasiga murabbiy sifatida Arsen Vengerni taklif etgan. Yens Lemann, Joleon Leskott, Patrik Berger, Per Mertesaker, Rober Pires, Yon Arne Riise, David Jeyms, Antonio Valensiya, Ves Morgan, Jek Uilshir, Bakari Sanya, SHota Arveladze, CHarli Adam, Mark Nobl, Gael Klishi, Martin SHkrtel, Evxen Konoplyanka, Jerar Pike, Oleg Lujnik, Jilberto Silva, Dario Srna kabi futbolchilar hamda Fil Danster, Roman Kemp, Mark Strong kabi mashhurlar Zinchenko jamoasidan o'rin olgan.

Jahon futboli va boshqa sohalardagi yulduzlar ishtirokida “Stemford Brij”da o'tadigan bellashuvni “Setanta Sports”da jonli efirda tomosha qiling. Biz sizni yulduzlarga yanada yaqinroq qilamiz!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика