So’nggi yangiliklar

20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  0 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  0 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  1 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  1 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  3 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  11 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  8 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  4 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  20

Yoz g'amini qishda o'ylash vaqti yoxud bu yil O'zPFL oldidagi muammo bittaga kamayadimi? Yangiliklar

Yoz g'amini qishda o'ylash vaqti yoxud bu yil O'zPFL oldidagi muammo bittaga kamayadimi?

Teglar :  O'zPFL
Futbolimizda har bir davrda aktualligini yo'qotmagan mavzulardan biri stadionlardir.

Nihoyat so'nggi mavsumlarga kelib O'zPFL bu borada o'z talablarini klublarga o'tkaza boshladi. Maydonlar holati biroz bo'lsada oldinga siljimoqda, deya olamiz. Lekin bu erda boshqa gap bor. Yani stadionlarning yoritgichlari aniqrog'i projektorlar haqida gapirmoqchimiz. Hozir buning mavridi emasku, deydiganlar topiladi. Lekin yozga kelib, chilla vaqtida "pichoq suyakka" qadalganda buni ko'tarishdan mano yo'q. 

Malumki, o'tgan yili "Andijon", "Mashal", "Surxon", "Qo'qon-1912" klublari o'z uy uchrashuvlari bo'lib o'tadigan arenalarning yoritgichlari talab darajasida bo'lmagani bois, bir nechta turni neytral yoki raqib maydonida o'tkazishga majbur bo'lishdi.  O'zPFL bu borada poziciyada qattiq turdi va ruhsat bergani yo'q. Vaqt, imkon berdi. Xo'sh, fursat o'tib bormoqda. Klublar mazkur masalada harakatni boshlaganmi? 

Superligaga chiqqan "Olimpik"  22 martga qadar stadion chimi va projektorini talab darajasiga keltirishi kutilmoqda. Ayni paytda maydonda tamirlash ishlari olib borilyapti. SHunigdek "Qo'qon-1912"dan ham bu borada malumot oldik. Ular yozning chillasiga qolmasdan yoritgichlar o'rnatilishini, projektorlar olib kelinganini, bu yil mazkur masalada muammo bo'lmasligini aytishdi. Muborakdan ham bu borada yaxshi xabar oldik. Stadionga yoritgichlarni etkazib beradigan "Philips" kompaniyasi bilan kelishishganini, mavsum startiga tayyor holda etib kelishligini takidlashdi. 

Malumot o'rnida: 31 avgust kuni Qo'qondagi "Markaziy" stadionga Polsha davlatidan "Philips" projektorlari keltirilgan edi. 


"Jar" stadionida olib borilayotgan ishlar

"Andijon" stadionidagi yoritkichlar ancha eskirgani barchaga malum. Ayni kunlarda klubga projektorlarni etkazib beradigan 3ta kompaniya o'z takliflarini bildirgan. Moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib mana shulardan biri tanlanadi. "Surxon" haqida ortiqcha to'xtalmaymiz. 


"Surxon"da sukunatmi?


Bordi-yu, yana o'tgan yilgi holat takrorlansa, O'zPFL bu safar qanday chora ko'radi? Tashkilotning klublar imkoniyatidan kelib chiqib sharoit yaratib berayotganini tushunamiz. Fikrimcha, joriy yilda chorani biroz qattiqroq ko'yaverish kerak. 17:00da yozning chillasida to'p tepish futbolchidan ikki hissa kuchni talab qiladi. Ayniqsa, mamlakatimiz janubida joylashgan Termizga borib qolsa, tamom. Issiqda o'ynab hech kim o'lgani yo'q, dersiz. Lekin futbolchi jismoniy jihatdan keragidan ko'p kuch yo'qotadi va navbatdagi o'yinga tiklanishga ulgurmaydi. Muxlislar 17:00da arenani to'ldirib o'tirishlariga ishonasizmi, bunday issiqda uyimda o'tiraman, qabilida ish tutadi. Mana shuni hisobga olgan holda O'zPFL o'tgan yili chillada barcha o'yinlarni 20:00dan erta boshlmaslikka erishdi. Klublardan va O'zPFLdan olgan malumotlarimizga ishonadigan bo'lsak ushbu mavsumda barcha jamoalar o'z maydonlarida to'p tepishadi. 

"Mashal" va "Andijon" Pro ligada, talablar Superliganikidan farq qiladi. Keyingi mavsum elitaga qaytgan taqdirda yana o'sha muammo bilan ro'baro' keladi. SHu bois bu klublar ham hozirdan ishga kirishishlari tarafdorimiz.


O'zPFL licenziyalash bo'limi boshlig'i Zohir Akramxanov bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"1200 lyuks bu shu kungacha qo'yilgan talab. UEFA esa allaqachon 3000 lyuksga o'tgan. OFK esa OCHL uchun 1800 lyuks, OFK kubogi uchun 1400 lyuks majburiyatini qo'ymoqda. So'nggi bir yarim yilda O'zPFL yoritgichlar masalasida qattiq turdi. Buning natijasida ko'p klublar oldinga siljidi. Masalan "Turon" 1800 lyuksli projektorni noldan boshlab yaratdi. Qoyil qoladigan tomoni "Qizilqum" 2200 lyuksga etkazib oldi. "Paxtakor", "So'g'diyona", "Lokomotiv", "Nasaf" 2021 yilda projektorlarining lyukslarini yaxshilashga erishdi. CHunki bu jamoalar OCHLga chiqishga bo'lgan intilishni orqasidan taxminan 1750 lyuksli yoritish tizimiga ega bo'lishdi. Qolgan klublar istaydimi-yo'qmi, bunga majbur. Sababi o'tgan yili yozda aksariyat klublarga uyda o'ynashga ruxsat bermadik.

Mana shu yildan boshlab yozni kutmasdan bahordanoq choralar belgilanadi. Masalan klub stadionining yoritish tizimi stadionlar to'g'risidagi nizomda keltirilgan talablarga mos kelmasa, O'zPFL o'yinni boshqa maydonda o'tkazish bo'yicha ham qaror chiqarishga haqli. Sekin-asta klublar tushunishmoqda. Deyarli hamma klub yillik xarajatlar smetasiga projektorni kiritmoqda. Qaysidir klubda 300-400 lyuks etmayotgan joylari ham bor. 2022 yilda Superligada bu borada katta muammoga ega klublar qolmaydi.

O'zPFL infratuzilma borasida talabalarni kuchaytirsa, kuchaytiradiki, aslo kamaytirmaydi. Qatiy turamiz. Projektor ham shuning ichiga kiradi. Bundan buyon maydon maysasiga jiddiy etibor qaratishni boshlaymiz",- deydi O'zPFL vakili

Qish g'amini yozda egin maqolini o'zgartiramiz. Yoz g'amini qishda o'ylab qo'ygan maqul ish hisoblanadi. Harakatni oldin boshlagan hammadan oldinda bo'ladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика