So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Yoshlar ligasi: “Navbahor” – “Bunyodkor” 0:2 Yangiliklar

Yoshlar ligasi: “Navbahor” – “Bunyodkor” 0:2

“Bunyodkor” yoshlari Namanganda “Navbahor”ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuv Namangandagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tdi. Bu esa yoshlar uchrashuvi bo'lishiga qaramasdan stadionga ko'p sonli muxlislarni tashrif buyurishiga sabab bo'ldi. Har ikkala jamoa azolari yig'ilganlar qarshisida imkon qadar chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilishdi va qaysidir manoda buni uddalashdi ham.

Birinchi bo'limda hisob ochilgani yo'q. Tanaffusdan so'ng tarkibda yuz bergan o'zgarishlar jamoalar o'yiniga tasir ko'rsatdi. Ayniqsa, “Bunyodkor” safida maydonga tushgan yangi kuchli jamoa o'yinini ijobiy tomonga o'zgartirdi. 62-daqiqada Vyacheslav Purak uch futbolchini aldab o'tib, 14-15 metrlardan kuchli zabasi bilan darvozani aniq nishonga oldi va uchrashuvdagi hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay, zaxiradan maydonga tushgan yana bir oldingi chiziq vakili Vladislav Nuriev gol muallifiga aylandi. U Mirjamol Qosimovning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi yo'nalishini o'zgartirib, darvozabonni chalg'itgan holda “Bunyodkor”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” yoshlari Namanganda ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi va yoshlar ligasi peshqadami “Paxtakor” bilan ochkolar farqini 4tagacha qisqartirishdi.

Yoshlar ligasi, 20-tur

NAVBAHOR” – “BUNYODKOR” 0:2 (0:0)
Gollar
: Vyacheslav Purak 62 (0:1), Vladislav Nuriev 68 (0:2)
Ogohlantirishlar: O.Valijonov 17, A.Bobojonov 51, S.Toshpo'latov 60 – R.Ashurmatov 24, M.Qosimov 58, V.Purak 74, V.Nuriev 87

Navbahor”: 32.Nodijon Ashurmatov (46.Xurshid Xo'jaev 46), 2.Farruh Umaraliev (6.Akbarali Xoldarov), 3.Botir To'raboev (21.Azam Aliev 46), 5.Muhammad Rasulov (88.Azamat Bobojonov 46), 7.Sardor Telyakov, 8.Bilol SHarofiddinov, (4.Javohir Olimjonov 80), 10.Azizbek Turg'unboev, 11.Otabek Valijonov (9.Ibrohim Ismoilov 46), 22.Sanjar Toshpo'latov, 23.Ilhom Aliboev (27.Doniyor Inomov 72), 29.Omon-Biik Halilov
Bunyodkor”: 45.Akbar To'raev, 4.Mirjamol Qosimov (54.Bosit Rahimov 70), 6.Anvar G'ofurov, 7.Nodir Mavlonov (1.Vladislav Nuriev 46), 15.Ergash Ismoilov (10.Muhammadodil Qahramonov 76), 21.Farhod Namozov, 28.Xurshid G'iyosov (18.SHohzod Abdurahimov 82), 30.Sardor Azimov (23.Georgiy Pogosov 46), 33.Rustamjon Ashurmatov (14.Vyacheslav Purak 46), 44.Islom Qobilov, 59.Javohir Qahramonov
Hakamlar: A.Rahimov (Andijon), M.Majidov (Namangan), A.Jabborov (Namangan)
Nazoratchi: R.Aytekov (Toshkent)
25 avgust. Namangan. “Markaziy” stadion.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика