Yaponiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga birinchi bo'lib yo'llanma oldi
20 mar 18:22
Yangiliklar
Yaponiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga birinchi bo'lib yo'llanma oldi
Yaponiya va Bahrayn terma jamoalari o'rtasidagi 2026 yilgi jahon chempionati saralashining 7-turidan o'rin olgan o'yin yakunlandi.
Jamoalar Yaponiyaning Saitama shahridagi "Saitama 2002" stadionida o'ynashdi. Unda Yaponiya terma jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Yaponiyaliklar jahon chempionatiga yo'llanma olgan birinchi jamoa bo'ldi.
Yaponiya terma jamoasi tarkibida Daiti Kamada va Takefusa Kubo gol urdi. Ikkala to'p ham ikkinchi bo'limda kiritildi.
Yaponiya "C" guruhida birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa ettita o'yinda 19 ochko to'pladi. Bahrayn esa olti ochko bilan beshinchi pog'onadan joy olgan.
2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Bu uch davlat avtomatik ravishda finalda ishtirok etadi. Yaponiya turnirning to'rtinchi ishtirokchisiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar