So’nggi yangiliklar

15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0

Yangi turmakdagi Mourinyu: “Men shunchaki stulimda uxlab qolgandim” Yangiliklar

Yangi turmakdagi Mourinyu: “Men shunchaki stulimda uxlab qolgandim”

Londonning “Tottenxem” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'zining yangi soch turmagi va klubining hozirgi ahvoli haqida gapirdi.

“To'g'risi, bu soch turmagim haqiqatan ham stilistning xatosi. Men buni kutmagan edim. Men shunchaki stulimda uxlab qoldim va ko'zimni ochganda hayratga tushdim. Buni yangi imidj deb tushunish kerak emas. Bazida jismoniy holatimdan kelib chiqib soch turmagimni o'zgartirishimga to'g'ri keladi, lekin hozirgisi kasallik sabab emas”, - deya hazillashdi Mourinyu va mavsum yakuniga qadar buning o'zgarishini aytib o'tdi.

Ayni paytda Mourinyu jamoasining APLdagi ishlari unchalik yomon emas. “SHporlar” barcha turnirlar davomida ketma-ket olti o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda. Angliya kubogi bahslarida ham jamoa hali qoqilganicha yo'q. Premer-liga jadvalida esa 6-pog'onani zabt etib turishibdi. Takidlab o'tish kerakki, bu natija klubning Pochettino davridagi holatidan ancha yaxshiroq.

“Ketma-ket mag'lubiyatlar va futbolchilarning jarohati sabab klub turnir jadvalida anchayin pastga tushib ketgan edi. Asosiy darvozabon Loris va yana bir qator muhim futbolchilarni yo'qotdik.


SHu sabab men jamoaga kelgan kunlarimdan beri asosan ruhiy tayyorgarlik bo'yicha ishlayapman. Ularga aynan shu narsa etishmayotgan edi. Muxlislar etirof etayotgan Moura va Songa asosiy tarkibda imkon berdim va bu o'zini oqlamoqda. Hozir shuni bilamanki, jamoaning kayfiyati alo darajada”, - deydi 57 yoshli mutaxassis.

Xabarlarga ko'ra, portugaliyalik murabbiy hafta oxirlarida safarda bo'lgan. “Tottenxem “ ustozi CHempionlar ligasidagi raqibi “Leypcig” o'yinlarini kuzatish uchun Germaniyaga borgandi.


goal.com saytidan Yusufbek tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика