So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

Yana 30 kundan so'ng! Osiyo Kubogiga roppa-rosa 30 kun qoldi! Yangiliklar

Yana 30 kundan so'ng! Osiyo Kubogiga roppa-rosa 30 kun qoldi!

Aniqrog'i, O'zbekiston va SHimoliy Koreya jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan o'yinga 30 kun qoldi. Osiyo Kubogi 9 yanvar kuni Avstraliya - Quvayt o'yini bilan boshlanadi.

Roppa-rosa 30 kun davomida sizlarni zeriktirmaslikka harakat qilib ko'raman. Kundalik yozishga o'rganib qolgandim, mana shu kunlarga yana etib keldik. Keling, avval suyunchi olsam, saytimiz vakillari Osiyo Kubogida ishtirok etish huquqini beruvchi akkreditaciyalarni olish bilan birga Avstraliyaga kirish huquqini beruvchi vizalarni ham qo'lga kiritdi. Bu borada Terma jamoalar markazining xalqaro bo'limi va muxlislar klubi sardori Abdurahmon Fozilovga saytimiz va o'quvchilari nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildirib o'tsam. Osiyo Kubogi ilk marotaba Osiyodan tashqarida bo'lib o'tadi. Avstraliya uchun viza olish biroz muammo bo'lib, uni ancha kutishga majbursiz. 1 oylik kutishdan keyin kecha ijobiy javob keldi. 



Hasan Pirmuhammedov ijod bilan mashg'ul

Bizdan tashqari "Inter Futbol" gazetasi rahbari Ahadxon Abduhamidov, "Futbol Ekspress"dan Xayrulla Xoliqov, men va Narzulla. 

Yana, "Sport TV"dan Murod aka Rizaev va O'FF fotomuxbiri Hasan Pirmuhammedov o'z vizalarini kutishyapti. Bu safar Osiyo Kubogida o'zbekistonliklar kam bo'lishmaydi. Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida, men, Behzod Nazarov, Ahadxon Abduhamidov, Kamoliddin Alimov, SHuhrat SHokirjonov, Hasanali ota, Aleksey Glazunov, Bahodir Mirzaev, Hasan Pirmuhammedov qatnashgan edik. Aytish joizki, aynan Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi saytimizni bir qadam oldinda ishlashga o'rgatgandi. SHuning uchun, kengurular yurti biz uchun yangi-yangi eshiklarni ochsa ajab emas.



Hamkasblar davrasida

Vizalar chiqmaguniga qadar jim yurgandik. Mana endi Osiyo Kubogidan avval bir qator loyihalarni ishga tushiramiz. FIFA.uzdan ham Osiyo Kubogi o'rin oladi. BMLda muxlislarning Osiyo Kubogiga oid bilimlarini sinab olamiz. Xullas sizlarni zeriktirmaymiz.



Hasanali ota Vadim Abramovga savol bilan murojaat qilyapti

5-6 kundan keyin yana bitta yangilikni sizlarga aytamiz. Menimcha, bu sizlarga yoqadi. Kelayotgan 1,5 oy sayt sizlarni "qo'yib yubormaydi", bunga vada beramiz. Oz qoldi, shu fursatdan foydalanib terma jamoa manzili tomon kurakda turmaydigan komentlarni yozmang. Musobaqa oldidan bu ruhiyatga tasir o'tkazishi aniq. Bu isbotini topgan holat, shuning uchun iltimos qilib qolardim. 

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика